“Alaves”ni finalga olib chiqqan murabbiy ishdan olindi
Ispaniyaning “Alaves” jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pellegrino iste’foga chiqarildi. Bu haqda jamoaning tvitterdagi rasmiy akkaunti xabar bermoqda. Uning o‘rniga kim murabbiy bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilmagan.
Pellegrino “Alaves”ni 2016 yilning yozida qabul qilib olgan edi va jamoa uning qo‘l ostida chempionatni 9-o‘rinda yakunladi va Ispaniya kubogi finaliga qadar etib bordi.
“Men bu erda ishlaganimdam xursandman. Menga yordam bergan barcha, ayniqsa, futbolchilarga rahmat aytaman”, - deb aytib o‘tdi Pellegrino.

Fikrlar