
Ana xolos! Serxio Ramos APLning oltita grandidan taklif oldi
“Real” bilan yangi shartnoma masalasini rasmiylashtirib ulgurmagan Serxio Ramosning xaridori ko‘payib ketdi.
Dastlab, PSJ rahbariyati 34 yoshli himoyachini transfer qilishga qiziqayotgan edi. Parij klubi yulduzlari Neymar va Mbappe Ramos keladigan bo‘lsa, klub bilan shartnomani uzaytirishni va’da qilgandi.
Endi Angliyaning oltita etakchi klubi Ramosni o‘z tarkibida ko‘rmoqchi. Ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Liverpul”, “Arsenal”, “Chelsi” va “Tottenxem” madridliklar sardoriga ish berishga tayyor.
Fikrlar