“Barselona” bugun Luis Enrike boshqaruvidagi eng yomon natijani qayd etdi

  • 20 aprel, 2017, 02:28
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundan biroz ilgari EChL chorak final javob uchrashuvi doirasida “Barselona” o‘z maydonida “Yuventus”ni qabul qildi va  nursiz durangga rozi bo‘ldi. Dastlabki o‘yinda 3:0 hisobidagi g‘alaba tufayli “keksa sinora” yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Shu tariqa Luis Enrike boshqaruvidagi “Barselona” ilk bor EChLda “Kamp Nou”dagi bahsni o‘z foydasiga xal eta olmadi. So‘nggi bor “Barselona” 2014 yilning 1 aprel sanasida EChL doirasida o‘z maydonida g‘alaba qozona olmagan edi. O‘shanda Xerardo Martino boshliq kataloniyaliklar “Atletiko” bilan durang o‘ynagan edi – 1:1.

Eslatib o‘tamiz, Luis Enrike “Barselona”ga 2014 yildan buyon ustozlik qilib kelmoqda va jamoa uning boshqaruvida ikki bor La ligada va bir bora EChLda g‘olib chiqishni uddalagan.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!