Rossiyada Fayzullaevni eslab qolishdi...

  • 13 sentabr, 09:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyada yozgi transferlar oynasi rasman yopildi. Statistika ekspertlari 2025 yilning yozgi transferlar davrida amalga oshirilgan eng qimmat savdolar reytingini tuzib chiqdi.

Tecno

Premer-liga klublari orasida futbolchisini eng qimmat narxga sotgan klub “Dinamo” bo‘ldi. Moskvaliklar Xorxe Karraskal uchun Braziliyaning “Flamengo” klubidan 12,5 million evro oldi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaevning transferi bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda qayd etilgan. Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi o‘zbek legioneri uchun TsSKAga 7,5 million evro to‘ladi.

2023 yilning avgustida “Paxtakor”dan Rossiya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tgan Abbosbek Fayzullaev “armiyachilar” uchun 500 ming evroga tushgan. Demak, poytaxtliklar ikki yilda 7 million evro daromad ko‘rdi.

O‘z navbatida, Abbosbek Fayzullaev “Istanbul Bashakshehir” klubi tarixida eng qimmatbaho transfer sohibiga aylandi.

Rossiya Premer-ligasidagi navbatdagi qimmatbaho transfer quyidagicha ko‘rinish oldi:

Kellven – TsSKAdan “Palmeyras”ga, 6 million evro;

Villian Rosha – TsSKAdan “Al-Jazira”ga, 5 million evro;

Ivan Sergeev – “Krilya Sovetov”dan “Dinamo Moskva”ga, 3,8 million evro.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev TsSKA tarkibida jami 72 ta uchrashuvda ishtirok etib,  raqiblar darvozasini sakkiz marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 22 ta golli pas uzatgan.

Legionerimiz “armiyachilar” safidagi faoliyati davomida Rossiya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Rossiya chempionatining bronza medali bilan taqdirlandi.

Husanov bormi? Gvardiola kimlar o‘ynamasligini aytdi

Kutib oling, Husanov keldi!
O‘zbekiston kutilmaganda jahon chempionati favoritlari ro‘yxatiga kiritildi, faqat...

EChL oldidan Husanov va 12 futbolchi “xavf” ostida!

Husanovni tanqid qilishdi: “O‘ylamay o‘ynayapti!”

Husanovda ayb yo‘q! Abduqodirning o‘yini qanday baholandi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!