Gvardiola zo‘r hujumchi tanladi

  • 23.11.2020 21:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” rahbariyati ko‘p jarohat olayotgan va yoshib o‘tib qolgan Serxio Aguero o‘rniga markaziy hujumchi olish fikridan qaytmadi.

Xosep Gvardiola jamoasi hujum chizig‘ida Lautaro Martines yoki Erling Xolandni ko‘rmoqchi. Lekin bu futbolchilarni olish oson bo‘lmaydi. Qolaversa, ularning transfer summasi o‘ta yuqori.

“Shaharliklar” ustozida yana bir variant paydo bo‘ldi. Gvardiolaga “Benfika” hujumchisi Darvin Nunesning o‘yini ham ma’qul kelmoqda. Yozda “Almeriya”dan qariyb 22 million funt evaziga “Benfika”ga borgan urugvaylik futbolchi qisqa fursatda o‘zini ko‘rsata oldi.

Ayni paytda manchesterlik skautlar yozgi transfer vaqtida Nunesni olish bo‘yicha ish boshlash to‘g‘risida topshiriq olgan.

Bekxem “Chelsi” futbolchisiga katta va’da beryapti

“Siti” yulduzlarini "bog‘lab" qo‘ymoqchi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!