
Hasanboy Do‘smatov belgilangan vaznni bajara oldi. Ertaga jang!
Ertaga Rossiyaning Moskva shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Biz uchun ahamiyatli jihati, ushbu jang kechasida Rio olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov (1-0, 1 KO) professional boksda navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Uning raqibi mezbonlar vakili Pavel Gurchenko (1-0-0) bo‘ladi. Aslida yurtdoshimiz Artyom Tkachenko bilan jang qilishi kerak edi. Biroq ba’zi sabablarga ko‘ra, raqib o‘zgargan. Ushbu to‘qnashuv ikkinchi o‘ta engil vazn (52,123 kg) toifasida bo‘lib o‘tadi.
Tabiiyki, ushbu jang avvalidagi an’anaviy vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda har ikki bokschilar vazn me’yorini bajara oldilar.
Ma’lumot uchun, Hasanboy professional boksdagi ilk jangini 2019 yil 16 noyabrda meksikalik Xesus Servantesga qarshi o‘tkazib, uni muddatidan avval taslim etgandi.
Hasanboy Do‘smatovga menejeri qanday va’da bergandi?
Ukrainalik mutaxassis Bektemir Meliqo‘zievning Kovalyovga qarshi imkoniyatlariga baho berdi
Bektemir Meliqo‘ziev Kovalyovni mag‘lub eta oladimi? Boks murabbiylari javob berdi (2-qism) |
Fikrlar