
Kechagi kunning muhim xabarlari
Kecha saytimizda o‘zbek va xorij sportiga oid ko‘plab xabarlar chop etildi. Ular orasida saytimiz kuzatuvchilari quyidagilarni ko‘proq mutola qilishdi.
Siz kechagi kuning muhim xabarlarini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, unda bu siz uchun ayni muddao.
• "Real" klubining yangi vakili Eden Azar hali ham o‘zi uchun raqam tanlamadi. Belgiyalik futbolchi katta ehtimol bilan ayni damda Mariano Diasga tegishli bo‘lgan 7-raqani oladi. Agar Garet Beyl jamoadan ketadigan bo‘lsa, Azarda 11-raqamni olish imkoniyati ham yuzaga keladi.
• O‘zbekiston Liga Kubogining «Andijon» - «Navbahor» uchrashuvida mezbonlar 3:0 hisobida g‘alaba qozondilar va ushbu bahsda namanganliklar yoshlar jamoasi bilan ishtirok etishdi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida «Navbahor» yoshlar jamoasi murabbiyi Anvar Hafizov mag‘lubiyatga izoh berdi.
• O‘zbekiston Liga kubogi 3-turida "Paxtakor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni 2:1 hisobida taslim etdi. Sardor Sobirxo‘jaev va Igor Sergeevning gollariga "temiryo‘lchilar" safida Azizbek Amonov bir bor javob qaytardi. Ushbu derbining fotogalereyasi bilan tanishing.
• Ushbu mavsumda "Paxtakor" Osiyo chempionlar ligasida uy o‘yinlariga ishqibozlar tashrifi bo‘yicha G‘arbiy mintaqada uchinchi o‘rinda joylagan. Butun Osiyoda esa OChL guruh bosqichida "sherlar" kuchli beshlikda turishibdi.
• PSJ klubi mavsumoldi yig‘inni boshladi. Lekin Neymar jamoaning mashg‘ulotlariga kelmadi. Endi parijliklar Neymarni jazolanishini ma’lum qilishdi.
• «Andijon» hamda «Navbahor» (3:0) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin mezbonlar ustozi Aleksandr Xomyakov raqibning o‘rinbosarlar jamoasiga qarshi o‘ynashlarini bilgan, lekin bellashuvda shogirdlarining ilk bo‘limdagi o‘yinidan qoniqish hosil qilmaganini aytdi.
• Shvetsiyalik mashhur hujumchi Zlatan Ibragimovich o‘zining orzular jamoasini e’lon qildi. Uning jamoasidan 11 nafar Zlatan o‘rin oldi.
• Madridning “Atletiko” klubi Braziliyaning “Atletiko Paranaense” jamoasi himoyachisi Renan Lodining transferini e’lon qildi. 21 yoshli braziliyalik futbolchi “matraschilar” bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzoladi.
• Superliga-2019da birinchi davra bahslari yakunlanganiga bir necha kun bo‘ldi. Ortda qolgan davrning e’tiborga molik voqeliklari - chetga surib qo‘yilgan reglament, debyutantlar, kutilgan ustunlik, taqvim, murabbiylar qo‘nimsizligi va boshqalar borasida mulohaza yuritildi.
Fikrlar