
Kechagi kunning muhim xabarlari
Kecha saytimizda o‘zbek va xorij sportiga oid ko‘plab xabarlar chop etildi. Ular orasida saytimiz kuzatuvchilari quyidagilarni ko‘proq mutola qilishdi.
Siz kechagi kuning muhim xabarlarini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, unda bu siz uchun ayni muddao.
• Xabaringiz bor, SPORTS.uz internet axborot portali "Omadli taqvim" deya nomlangan sovrinli o‘yinni yo‘lga qo‘ygan. Kecha mazkur o‘yinimizning 13-soni taqdim etildi. SPORTS.uz saytida jonli efirda namoyish etilgan o‘yinda 37 nafar ishtirokchi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
• O‘zbekiston Superligasi 12-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" hamda "Qizilqum" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda mezbonlar 8:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gollarga Igor Sergeev (3 ta), Marat Bikmaev (2 ta), Dragan Cheran (2 ta) va Vladimir Kozak mualliflik qilishdi.
• Superliga 12-turidan o‘rin olgan "Dinamo" hamda "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi Samarqand shahrida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Qadamboy Nurmetov tomonidan kiritilgan 2 ta golga "temiryo‘lchilar" safida Temurxo‘ja Abduxoliqov bir bor javob qaytardi.
• PSJ hujumchisi Neymar “Real”ning qiziqishlar doirasiga kirmaydi. “Qirollik klubi” braziliyalik futbolchi uchun kurashda ishtirok etmaydi. Gap shundaki, “Real” Neymarni 300 million evro bo‘lsa ham, xatto 100 million evro bo‘lsa ham sotib olmaydi. Ularning maqsadi Mbappe.
• “Benfika” vingeri Joau Felish uchun Madridning ikki grandi – “Real” hamda “Atletiko” o‘zaro kurash boshladi. “Qirollik klubi” 19 yoshli “yangi Ronaldu” uchun lissabonliklarga 80 million evro va unga qo‘shimcha 50 million evro bonus taklif qilishgan. Biroq, “Benfika” rahbariyati “Real” bilan bu boradagi muzokaralar o‘tkazishni rad etdi.
• Amerika kubogi "C" guruhi 2-turidan o‘rin olgan Urugvay hamda Yaponiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etilgan. Shu tariqa, Urugvay hisobidagi ochkolar soni 4 taga etdi va jamoa turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. Yaponiya esa 1 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
• Neymarning yangi jamoasi qaysi bo‘lishi haqida futbol olamida turli mish-mishlar yuripti. Ular orasida asosan “Real” va “Barselona” klublari ko‘p tilga olinmoqda. Madridliklar hujumchisi Karim Benzema o‘zining Instagramdagi sahifasiga Neymar bilan birga tushgan suratini joylashtirdi. Ba’zilar ushbu surat braziliyalik futbolchining “qirollik klubi”ga o‘tishiga yana bir sha’ma deb aytishmoqda.
• Argentinalik futbol afsonasi Diego Maradona o‘zining sog‘ligi haqida to‘xtalib o‘tdi. 58 yoshli mutaxassis yaqindagina elkasi va tizzasidan operatsiya qilingan edi. Aynan sog‘ligidagi muammolar sabab u Meksikaning “Dorados” klubi bosh murabbiyligi lavozimini ham tark etdi.
• Kecha Superligada 12-tur o‘yinlari start oldi. Kun doirasidan ikkita uchrashuv o‘rin olgandi. Amaldagi chempion ko‘hna va navqiroq Samarqandga bordi. Vitse-chempion o‘z maydonida navoiyliklarni qabul qildi. Chempionni Samarqandda jiddiy, vitse-chempionni Toshkentda oson o‘yin o‘tkazdi.
• Tojikiston milliy terma jamoasini siz-u, bizga yaxshi tanish bo‘lgan mutaxassis Usmon Toshev boshqarib kelmoqda. Bunga qadar u Tojikiston olimpiya terma jamoasiga ustozlik qilgan bo‘lsa, endi o‘z-o‘zidan milliy jamoa boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan. U Marchello Lippi bilan suhbat, keyingi rejalar, JCh saralashidagi bo‘lajak raqiblar, O‘FAdagi o‘zgarishlarga munosabati bildirdi.
Fikrlar