
Legionerimiz Angliyadagi o‘yinga tayyorlanmoqda
“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Muhammadali O‘rinboev qishki transferlar oynasida Angliyaning “Brentford” jamoasiga ijaraga berilgan edi.
Iste’dodli futbolchimiz “Brentford B” jamoasida mahorat oshirmoqda. Muhammadali 23 fevral kuni “Reding U-21” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda debyutini nishonlagan edi.
“Brentford” klubi rasmiy sayti yoshlar jamoasining navbatdagi o‘yini haqida ma’lumot tarqatdi. Unga ko‘ra, “Brentford B” navbatdagi o‘rtoqlik uchraguvini safarda – “Xitching Taun” maydonida o‘tkazadi.
Bu bahs 5 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
“Brentford B” chseshanba kuni kechqurun “Xitchin Taun” jamoasi bilan kuch sinashish uchun mamlakatning shimoliy qismiga safar qiladi. Yosh “asalarilar” Ispaniyadagi turnirdan qaytganidan keyin yopiq eshiklar ortida ikkita uchrashuv o‘tkazdi.
Nil Makfarleyn shogirdlari “Jillingem”ning 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilari bilan durang o‘ynadi, “Reding” qarshi bahsda jamoa 1:2 hisobida yutqazdi.
“Reding” bilan bo‘lgan bellashuvda jamoa yangi o‘yinchisi Muhammadali O‘rinboev “Brentford” libosida ilk daqiqalardan harakat qildi. Yarim himoyachi maydonda 60 daqiqa davomida ajoyib o‘yin ko‘rsatdi.
O‘sha o‘yinda Natan Yang-Kumbs ham jarohatidan qutilib, 2023 yilning noyabridan beri ilk bor maydonga tushdi.
“Xitchin Taun” mamlakat birinchiligida o‘nta g‘alaba, to‘rtta durang va 17 ta mag‘lubiyat bilan 7-pog‘onada bormoqda. 2024 yil bu jamoa uchun og‘ir keldi, ular 11 ta uchrashuvdan to‘qqiztasida mag‘lub bo‘ldi va ikkita durang qayd etdi xolom.
Avvalgi mavsumda “Xitchin Taun” o‘z maydonda yaxshi o‘yin ko‘rsatib, 13 ta uchrashuvdan 8 tasida raqiblari ustidan zafar quchgan edi, - deb bo‘lajak uchrashuviga anons berdi brentfordfc.com sayti.
Bundan tashqari, “Brentford”ning yosh o‘yinchilari 11 mart kuni yana bir o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, yosh futbolchilar “Reynjers B” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Aslida bu bahs o‘tgan yili dekabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq ob-havoning noqulay kelganligi sababli o‘yin keyingi qoldirilgan.
Nihoyat, tomonlar kechiktirilgan bellashuvni 11 mart kuni tashkil etishga kelishib oldilar.
18 yoshli Muhammadali O‘rinboevning “Brentford” bilan amaldagi ijara shartnomasi joriy yilning 30 iyuniga qadar davom etadi.
Himoyachi legionerimiz peshqadamga gol urishni ko‘rsatib qo‘ydi!
Fayzullaevga erkinlik bering!
Fayzullaevni 60 million evrolik yulduzga tenglashtirishdi
Legionerimiz Evropa Chempionlar ligasida porlashni ko‘zlayapti
O‘zbek futbolchilari legionerga aylanishga tayyor
Fikrlar