Narxi keskin "uchgan" Husanov transfer bozorini “portlatadi”!

  • 12 dekabr, 2024, 22:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionatining 14-turida “Lans” o‘z maydonida “Monpele” futbolchilarini qabul qilib, raqib ustidan ishonchli 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuv qahramoni Abduqodir Husanov bo‘ldi. 20 yoshli markaziy himoyachi raqibga qarshi bexato harakat qildi. “Monpele”ning barcha hujumlarini bartaraf etdi. Jamoasi hisobni ochgan hujumni boshlab berdi. Hal qiluvchi pallada bo‘sh darvozaga kirib ketayotgan to‘pni boshi bilan qaytarib yubordi.

Legionerimiz bir qator manbalar, taniqlik ekspertlar va “Lans” muxlislari tomonidan uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchi, deb topildi.

Evropalik futbol ishqibozlari ijtimoiy tarmoqlarda Abduqodir Husanovning o‘yinlarini muhokama qilyapti. Qolaversa, legionerimizning transfer summasi ham keskin ko‘tarila boshladi. Transfermarkt portali Abduqodir Husanovning transfer summasi besh million evrodan 12 million evroga ko‘tarilganini ma’lum qildi. Mavsum oxiriga qadar bu ko‘rsatkich yana o‘sishi aytilmoqda. 

Sports.uz portali ularning munosabatini o‘zbekistonlik muxlislar e’tiboriga havola etadi.

KALENSMUENDO:

Husanov haqiqatdan zamonaviy himoyachiga xos barcha xislatlarni o‘zida mujassam qilgan. U hali “Lans”daligida unday foydalanib qolishimiz kerak. Uning o‘sib borayotganini ko‘rish mamnuniyat bag‘ishlaydi.

BASS62:

Abduqodirning kamchiligini topish qiyin. U tezkor, shiddatli, to‘p bilan erkin muomala qiladi, zarbasi zo‘r va uzoq masofaga aniq pas uzatadi.

SYL1362:

Husanovning o‘yinlaridan bahra olaylik. Abduqodir o‘ziga berilgan kichik imkoniyatdan maksimal darajada foydalanib qoldi. Juda tez o‘zdi va muhim o‘yinchiga aylandi.

Men Husanov uzoqdan zarba yo‘llab yoki burchakdan to‘p uzatilgan oldinga o‘tib, gol urishini juda xohlayman. Bu biz muxlislar uchun juda yaxshi xayrlashuv sovg‘asi bo‘lardi. Chunki baribir uni katta summa evaziga bizdan olib ketadigan grand klublar topiladi.

RICOU62:

Husanov ayni paytda Frantsiya chempionatidagi eng yaxshi himoyachi. Abduqodir va Bris Samba bor ekan “quruq” seriya doim dolzarb bo‘lib qolaveradi.

Biz Husanovning boshqa jamoaga transfer qilinishini istamaymiz!

BRUNODU77:

Abduqodirning bunaqa o‘ynashida qishki transferlar vaqtida ushlab qolish juda qiyin masalaga aylanadi. Chunki uning xaridorlari safi ortib bormoqda, “Lans”ga esa pul zarur.

Evropada Husanovning sifatlariga ega boshqa yosh himoyachi yo‘q, Abduqodir “top-5” ligalaridagi istalgan jamoaga o‘ynab keta oladi. Shuning uchun ham uning reytingi va narxi tez oshmoqda.

FD:

Hozirgi yoshida ko‘rsatayotgan o‘yin darajasini ta’riflashga til ojiz. Hozirning o‘zida dunyoning eng zo‘r himoyachilardan biri deyishimiz mumkin. Men uni hech bo‘lmaganda yozgacha jamoada olib qolishlariga umid qilaman. Yozda Husanov transfer bozorini portaladi.

PAS CONTENT:

Men Capology sayti orqali Husanovning maoshini ko‘rdim. U juda past, yiligi 140 ming evro atrofida. Uning samaradorligini inobatga olib, maoshini ko‘tarish orqali tarkibda qolishga ko‘ndirsa bo‘lmaydimi? Maoshini oshirish orqali iste’dodli o‘yinchini jamoada saqlab qolardik.

TONY:

“Lans”ning doimiy muammosi Abduqodir Husanov kabi iste’dod egalarini jamoada ushlab qolish bo‘lgan. Agar klubning moliyaviy muammolari bo‘lmagan taqdirda ham xaridorlarga qarshi turish imkonsiz.

“Lans” salohiyatli o‘yinchilarni arzonga transfer qilish, ularning ochilishiga yordam berish va yaxshi summa evaziga boshqa klublarga jo‘natish bilan shug‘ullanadi.

Hurmatli muxlislar, siz nima deb o‘ylaysiz, Abduqodir Husanov boshqa klubga o‘tgani ma’qulmi yoki “Lans”da qolganimi? Fikrlaringizni izohda qoldiring.

Husanov transferi yulduzlar bilan ishlaydigan mashhur agentga topshirildi

Ular Abduqodir Husanovni tanlashdi!

Ana xolos: Fayzullaev tanqidlar ostida qolib ketdi!

Husanovning muxlislariga yoqadigan xabar!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+998934037982
10/12/2024 23:46
Ispaniyaga mos tushadi uyini.
Ispaniyaga utishi kerak
Ганиев Toир
10/12/2024 22:39
Пахтакорни еки бунедкорни куткариши керак
Исмаилов Бахтияр
10/12/2024 16:07
Худди хозир Абдукодирнинг агенти ойлигини 10 (ун) марта кутариш тугрисида клуб рахбарига айтиш керак. Курук мактовдани нима фойда? Кетаман деса хеч ким ушлаб кололмайди ва любой клуб уни олади шу ойлигига! Узбек, сени ахмок килишларига йул куйма!
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
10/12/2024 11:37
Ketgani malqul
Sunnatjon Hamdamov
10/12/2024 18:17
Tugrisini aytsam Husanovni hech kim olmasa kerak
Jonga tegdinglar bum deyaverib
Lans Grand klublarga qarshi hech nima qilolmadi ayniqsa Psj bilan uyinda Abduqodir uynolmadi