
“Navbahor” legioneri: O‘runov – o‘zbeklarning Xalki, u hammasini uddalaydi!
“Navbahor”da to‘p surayotgan rossiyalik legioner Ivan Solovyov Moskvaning “Spartak” jamoasiga o‘tish arafasida turgan Oston O‘runovning imkoniyatlarini yuqori baholadi.
- Men O‘runov bilan yarim yil birga o‘ynaganman. Oston – o‘zbeklarning Xalki. Uning baquvvatligi xuddi Xalknikiday. O‘ta iqtidorli futbolchi. Agar “Spartak”da uni pas bilan o‘ynashga o‘rgatishsa, yuqori saviyadagi ijrochiga aylanadi. O‘runov Zobninga qaraganda boshqacha pozitsiyalarda o‘ynaydi. Uning tezligi va driblingi bor. Eng asosiysi, uni pas orqali o‘ynashga o‘rgatish kerak. Agar u jamoaviy o‘yinga moslashib ketsa, yangi mavsumning haqiqiy kashfiyotiga aylanadi.
Ostonning zarbasi zo‘r. U Xalkday bo‘ladi, bunga aminman. O‘zbeklarning Xalki. Uning uzoq masofadan urgan golini yaxshi eslayman. O‘runov ruschada erkin gapira olmasa ham, hammasini juda yaxshi tushunadi. “Spartak”da buni ham tez o‘rgatib qo‘yishadi.
Umuman olganda, Oston juda yaxshi yigit. U haqiqiy professional va xudojo‘y, ichmaydi, chekmaydi, yomon yo‘lga yurmaydi, tilla yigit. “Spartak”da o‘zini ko‘rsatishiga ishonchim komil, - deydi Ivan Solovyov.
Odil Ahmedov: O‘runovning “Spartak”ga o‘tishi o‘zbek futboli imijini ko‘taradi
O‘runovning “Spartak”dagi maoshi ma’lum bo‘ldi
Koronavirusdan davolanayotgan O‘runov “Spartak”ni tanladimi?
Fikrlar