O‘runov Masharipovdan chempionlikni tortib oldi yoxud yana qaysi futbolchilarimiz Eronni zabt etgan?

  • 4 iyun, 2024, 23:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

sEron klublari qishda Qatarda o‘tkazilgan Osiyo kubogidan porlagan O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchilarini o‘z safiga qo‘shib olganidan keyin o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari ushbu mamlakat chempionatiga e’tibor qaratdi.

Forslarning ikki etakchi klubi – “Istiqlol” va “Persepolis” ikki o‘yinchimiz – Jaloliddin Masharipov va Oston O‘runovni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Autsayderlardan biri hisoblangan Xuzistonning  “Istiqlol” jamoasi yuqori diviziondagi o‘rnini saqlab qolish uchun o‘zbekistonlik himoyachi Doston Tursunov yordamidan foydalandi.

Jaloliddin Masharipovning  “Istiqlol” jamoasi uzoq muddat musobaqa jadvali peshqadami bo‘lib keldi. Biroq chempionat yakunlanishiga uch tur qolganida quyi pog‘onadagi klublardan biri “Nassadji” bilan ochko bo‘lishdi. Xuddi o‘sha turda Oston O‘runov so‘nggi soniyalarda “Istiqlol” (Xuziston) darvozasini ishg‘ol qilib, uchta to‘p farqi bilan ortda qolayotgan jamoasining kambeki va g‘alabasini ta’minladi.

“Persepolis” qolgan ikki turda bir ochkolik farqni saqlab qoldi va Eron chempioni bo‘ldi. Jamoa safida 13 ta uchrashuvda maydonga tushgan Oston O‘runov oltita gol urishga muvaffaq bo‘ldi va mavsumni oltin medal bilan yakunladi.

Jaloliddin Masharipov “Istiqlol” tarkibida 14 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga ikkitagol yozdirib qo‘ydi. Tajribali futbolchimiz kumush medalga loyiq ko‘rildi.

O‘n ikkita bellashuvda qatnashgan himoyachimiz Doston Tursunov Xuzistonning “Istiqlol” jamosiga Professional ligadagi joyini saqlab qolishga yordam berdi.

Umuman olganda, fevral oyida Eron chempionatiga yo‘l olgan har uchala legionerimiz uchun ham mavsum muvaffaqiyatli o‘tganini ta’kidlash lozim.

Shu o‘rinda, Eron chempionati o‘zbekistonlik charm to‘p ustalari uchun ko‘pincha muvaffaqiyatli kelgan va bu yaxshi an’anaga aylangan.

Forslar zaminida chempionlikni birinchi bo‘lib qo‘lga kiritgan  futbolchimiz Fosil Musaev bo‘lgan. 2015-2016 yillar  davomida “Sepaxon” uchun 40 ta uchrashuvda ikkita gol va to‘rtta assist qayd etgan.

Keyingi yillarda o‘zbek futbolchilari muntazam Eronda chempion bo‘lgan jamoalarda bosh sovrin sohibi bo‘ldi. Dastlab, 2021-2022 yillari Eron Pro-ligasida to‘p tepgan Azizbek Amonov “Istiqlol” jamoasi bilan chempionat g‘olibiga aylangan. Keyingi yili “Persepolis” sharafini himoya qilgan yana bir hujumchimiz Sherzod Temirov ham chempionlik unvoniga sazovor bo‘ldi.

Mana endi ularning g‘alabali yo‘lini Oston O‘runov davom ettirdi.

Xalqaro maydonda esa, Eron va O‘zbekiston terma jamoalari 2026 yilgi jahon chempionatining saralash turnirida bir guruhda bellashmoqda. Toshkentdagi dastlabki uchrashuvda 2:2 hisobida durang qayd etilgan. Endi 11 iyun kuni har ikki terma jamoa Tehronda bir biri bilan kuch sinashadi.

Shomurodovga yangi xaridor chiqdi!

Shomurodovni olish oson bo‘lmayapti...

Husanovning eng katta kamchiligi va asosiy yutug‘i aytildi

“Shomurodov bizning futbolchilardan aqlli, deganimda, hamma menga tashlangandi!? ”...

Fayzullaev O‘zbekistonda o‘zidan zo‘r futbolchilar borligi aytdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Socceruzb
03/06/2024 10:24
Jeparov ham oynagandi