O‘runovning transferi bo‘yicha jinoiy ish ochilishi kutilmoqda. Hammasi Oston rostini aytib qo‘yganidan boshlangan!

  • 28 dekabr, 2021, 09:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli advokat Aleksandr Dobrovinskiy “Spartak” klubi rahbariyati sobiq bosh direktorga Shamil Gazizovga nisbatan jinoiy ish ochtirishi kutilmoqda.

Tecno

Avvalroq, klub prezidenti Leonid Fedun Shamil Gazizovni ishga olish vaqtida yozma ravishda kafolat xati bergani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi. Ta’kidlanishicha, agar bosh direktor iste’foga chiqarilsa, unga klub aktsiyalarining o‘n foizi berilishi va agar jamoa Evrokuboklarga yo‘llanma olsa, shartnomaning umumiy muddati yakunlangunicha har yili bir million evrodan to‘lanishi kafolatlangan.

Shamil Gazizovning o‘zi “Match TV”ga Leonid Fedun unga kelishilgan foizlarni to‘lashi kerakligini iddao qilgan.

1595958576_ufaa

- Katta klub bosh direktori aniq rejaga ega bo‘lishi, uni ommaviy tarzda e’lon qilishi kerak, chunki “Spartak” xalq jamoasi, har holda shu nomga da’vogar. Mening fikrimcha, hech narsa qilingani yo‘q.

Uning hech qanday pul olmayotganiga “Spartak” rahbariyati uning faoliyatida o‘zini qoniqtirmayotgan jihatlarni aniqlagani asos qilib olingan. Manfaatlar to‘qnashuvi ekani shundoq ko‘rinib turibdi.

“Spartak” ikki futbolchi – Oston O‘runov va Aleksandr Kokorin transferlarida firibgarlikka yo‘l qo‘yilganini gumon qilayotgan edi. Bular o‘z isbotini topdi va u ishonchni yo‘qotdi.

Oston O‘runov “Ufa”da 200 ming olardiyu Uni “Spartak”ga o‘sha klub manfaatlarini himoya qilgan bosh direktor qabul qildi. Bu futbolchini 900 ming evroga oldi. Gazizov unga 2-3 yillik kelishuv taklif qilish o‘rniga kutilmaganda besh yillik shartnoma imzoladi.

Avvaliga O‘runovning keyin transferidan Gazizov 25 foiz ulush olishi belgilangan edi. Keyin bu masalani qayta hal etishdi.  O‘runovning keyingi transferining 75 foizi Shamil Gazizovning cho‘ntagiga tushadigan qilindi.

Bu ishlar ochila boshlaganida klub rahbarlaridan biri Ostondan qancha maosh olayotganini so‘ragan. Futbolchi “15 ming evro olayotgani va qolganini otasiga berayotganini” aytgan.

Xo‘sh, pulni olayotgan “ota” kim?

Agar “Spartak” bu mavzuni kovlay boshlasa, ish shu darajagacha etadiki, klub jinoiy ish ochiy bo‘yicha ariza beradi, chunki bu firibgarlik ekani aniq ko‘rinib turibdi. Bundan tashqari, bir tomondan klub bosh direktori, ikkinchi tomondan o‘yinchiga egalik huquqi sohibi sifatida hujjatlarni imzolab bo‘lmaydi. Endi nima bo‘lishini ko‘ramiz, - dedi  advokat Aleksandr Dobrovinskiy “Match TV”dagi dasturlarning birida.

Ma’lumotlarga qaraganda. Bu masala bo‘yicha yakuniy sud qarori bugun – 28 dekabrda chiqarilishi kutilmoqda.

oston-urunov-zabil-pervyj-gol-za-spartak_1600280291389713168

Eslatib o‘tamiz, Oston O‘runov 2020 yilning boshida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasida Rossiya premer-ligasi vakili “Ufa”ga transfer qilingan edi. Dastlabki, yarim yillikda legionerimiz yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatdi. Unga Rossiyaning ko‘plab klublari og‘iz sola boshladi.

O‘runvoning legionerga aylanishiga katta hissa qo‘shgan Shamil Gazizov 2020 yilning yozida “Spartak” klubiga bosh direktorlikka tayinladi. Ungacha “Ufa”da aynan mana shu lavozimda ishlaganidan foydalanib, o‘zbekistonlik yarim himoyachini boshqa klublarga o‘tishiga yo‘l qo‘ymay, o‘zi rahbarlik qilayotgan “Spartak”ga olib keldi.

Kayinchalik Leonid Fedun Gazizovning transfer siyosatidan va umuman ishidan qoniqmasdan uni iste’foga chiqardi. O‘z navbatida, klub murabbiylar shtabi Gazizov olib kelgan O‘runovga ham o‘zini ko‘rsatish imkonini bermadi.

O‘runov poytaxt klubi bilan 2025 yilning yozigacha amal qiladigan shartnomaga ega, biroq ayni paytda ijara asosida “Ufa”da o‘ynayapti.

Yaxshiboev "Real"ga gol urganidan keyin transfer narxi qanchaga oshdi?

Bu jamoada Shomurodovga o‘rin yo‘q!

Shomurodov “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Arsenal” futbolchilari bilan o‘ynashi mumkin!

O‘runovni “Spartak”da nega o‘ynatishmadi? Sirlar ochilmoqda!

Shomurodov “Olimpiko”ni portlatdi!

Rossiya klubi O‘runovni transfer qilishga o‘ylanib qoldi!

Shomurodov shoshilmasa bo‘lmaydi!

Birorta nashr Shomurodovni asosiy tarkibga loyiq ko‘rmadi, Mourino esa...

   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!