Urishib qolgan bosh murabbiy va direktor Shomurodov tufayli yarashib oldi!

  • 1 avgust, 2022, 05:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Yaqinda Italiya futbolida g‘alati holat kuzatilgan edi. “Torino” jamoasining Avstriyada tashkil etilgan mavsum oldi yig‘ini doirasida bosh murabbiyi Ivan Yurich va klub direktori Davide Vanyati o‘rtasida ziddiyat chiqib, ular o‘zaro qo‘pol munosabatda bo‘lgandi.

Keyinchalik bu mojaroning kelib chiqishiga bosh murabbiyning klub mutasaddisidan yangi o‘yinchilar transferini talab qilgani sabab bo‘lgani aytildi.

Bir-biri bilan kelisha olmay qolgan mutaxassislar Eldor Shomurodovning ehtimoliy transferi tufayli o‘rtadagi gina-kudratni unutishiga to‘g‘ri keldi.

2-1632131803-Diyora-post-material

“Torino” yozda jamoani tark etgan asosiy to‘purar – Andrea Belottini o‘rniga aynan Eldor Shomurodovni olishni rejalashtiryapti.

Qizig‘i shundaki, xorvatiyalik bosh murabbiy Ivan Yurich o‘zbekistonlik legionerni jamoaning asosiy hujumchisi qilmoqchi. U o‘z tanlovini klub mutasaddilariga bildirdi.

Transferlarga mas’ul bo‘lgan Vadie Vanyati ham jamoaga Shomurodovni olib kelmoqchi bo‘lib yurgan ekan.

Har ikki mutaxassisning bu galgi fikri bir joydan chiqdi.

“Torino” vakillari “Roma” hujumchisiga bo‘lgan qiziqishni tasdiqlagan. Ular poytaxt klubi va Shomurodovning agentlari bilan muzokara olib bormoqda.

Turinliklar Eldorni keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir muddat ijaraga olmoqchi. Lekin bu oson bo‘lmaydi. Chunki hamyurtimizga “Bolonya”, “Montsa” va “Sassuolo” kabi A Seriya klublaridan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda.

Eldor Shomurodov 2020 yildan beri Italiya chempionatida to‘p tepmoqda. U dastlabki mavsumni “jenoa” safida o‘tkazgan. O‘tgan yoz esa “Roma”ni qabul qilib olgan Joze Mourino poytaxt klubi rahbariyatidan Eldor Shomurodovni olib kelishni talab qildi. Oradan bir yil o‘tib, portugaliyalik mutaxassis o‘zbek futbolchisi bilan xayrlashishni ma’qul topdi.

Kuchli beshlik chempionatlariga qadar O‘zbekiston va Rossiya ligalarida to‘p tepgan hamyurtimizning Italiyadagi statistikasiga e’tibor qaratamiz.

Eldor “Jenoa” va “roma” tarkibida A Seriyada jami 59 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 11 ta to‘p kiritgan va jamoadoshlarini besh marta golli pas bilan ta’minlagan.

Italiya kubogi musobaqasida legionerimiz hisobida ikkita o‘yin va bittadan gol hamda assist bor.

Konferentsiyalar ligasida Shomurodov saralash, guruh, pley-off va final bosqichlarida hammasi bo‘lib 11 marotaba maydonga tushdi. Bu bahslarda bir gol va ikki assist muallifi bo‘ldi. Shomurodov Italiyadagi faoliyati davomida o‘zi ishtirok etgan barcha musobaqalarda gol va assist qayd etgani ahamiyatli.

Umumiy hisobda, Shomurodov klublar miqyosida 221 ta bellashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 45 ta gol va 23 ta assist yozdirib qo‘ygan.

f7492e34-3e4b-4656-b1b7-22fd49512b6b

Eldorning O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi statistikasi ham ancha yuqori.

Terma jamoamiz sardori 2015 yildan beri 56 ta xalqaro uchrashuvda raqiblar darvozasini 30 marotaba ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Bu jamoa Shomurodov transferini nega sir tutyapti?

“Sampdoriya” Shomurodov bo‘yicha bayonot berdi!

Premer-liga klubi o‘zbek futbolchisi yordamida chempion bo‘lmoqchi!

Legionerimizning Evropa Chempionlar ligasida gol urgan o‘yini eng yuqori baholandi!

To‘purar legionerimizda yaxshi yangilik bo‘ladi!

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
01/08/2022 21:07
Хамма нарсани Элдорга боглаверасизлар-ми?
Feruz
31/07/2022 20:04
Манимча торино варянти яхширк омат элдорга