Tezkor! Shomurodov transferi 48 soat ichida e’lon qilinishi kutilmoqda!

  • 31 iyul, 2022, 23:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiya matbuoti “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov tez orada “Bolonya”ga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida bong urmoqda.

Xususan, Italiya futbolini yoritishga ixtisoslashgan https://footballnews24.it hamda https://www.calciomercato.com saytlari “Bolonya” rahbariyati Rim klubi bilan o‘zbek futbolchisining transferi bo‘yicha bir to‘xtamga kelish arafasida turganini yozdi.

Italiyalik jurnalist Franchesko Abatening ma’lum qilishicha, “Bolonya” kelasi mavsumda asosiy hujumchi vazifasini Eldor Shomurodovga topshirishga qaror qilgan va legionerimizni olish uchun oxirigacha kurashyapti.

rue2db3ac2234_1

Manbalarning ta’kidlashicha, “Bolonya” mutasaddilari rimliklar sport direktorini Shomurodovni keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga jo‘natishga ko‘ndirgan. Aslida poytaxt klubi rahbariyati o‘tgan yozda 18 million evro to‘langan Eldorning transferidan turli bonuslar ko‘rinishida ko‘poq mablag‘ undirib, narxdagi tafovutni kamaytirishga urinayotgan edi.

Tomonlar kelishuv arafasida turganini inobatga olib, Italiya matbuoti Eldor Shomurodovning transferi 48 soat ichida e’lon qilinadi, degan xabarlarni tarqatmoqda.

Bundan tashqari, Shomurodov atrofidagi vaziyatni kuzatib borayotgan ekspertlar “Bolonya” legioner hujumchi uchun kurashda “Torino”ni ortda qoldirganiga e’tibor qaratdi. Turin klubi “Roma” Eldorning ketishini e’lon qilganidan keyin legioerimizga og‘iz solgan birinchi jamoa bo‘lgandi.

“Bolonya” bosh murabbiyi Sinisha Mixaylov yangi mavsumni Shomurodov bilan boshlashni maqsad qilgani aytilmoqda. Aslida “Bolonya” bosh murabbiyi hujum chizig‘iga italiyalik forvard Lorentso Lukkani taklif qilmoqchi bo‘lgan. Biroq, rimliklar Eldorni transferga qo‘yganidan xabar topishi bilan fikrini o‘zgartirib,  tajribali hujumchiga e’tibor qaratdi.

Manbalarning yozishicha, “Bolonya”  o‘zbek futbolchisi bilan yangi haftaning ilk kunlarida shartnoma imzolashi kutilmoqda.

f7492e34-3e4b-4656-b1b7-22fd49512b6b

Demak, Eldor Shomurodov faoliyatida o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda.

Urishib qolgan bosh murabbiy va direktor Shomurodov tufayli yarashib oldi!

Bu jamoa Shomurodov transferini nega sir tutyapti?

“Sampdoriya” Shomurodov bo‘yicha bayonot berdi!

Premer-liga klubi o‘zbek futbolchisi yordamida chempion bo‘lmoqchi!

Legionerimizning Evropa Chempionlar ligasida gol urgan o‘yini eng yuqori baholandi!

To‘purar legionerimizda yaxshi yangilik bo‘ladi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!