“Roma” Shomurodovni zarariga sotadi!

  • 21 aprel, 2022, 10:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Eldor Shomurodovning A Seriyadagi ikkinchi mavsumi o‘zi istaganicha bo‘lmadi. O‘tgan yozda Joze Mourinoning taklifiga ko‘ra, katta umidlar bilan poytaxt klubiga ko‘chib o‘tgan legionerimiz  o‘yin amaliyotisiz qolib ketmoqda.

Italiya matbuoti mavsum oxiriga yaqinlashgan sayin Shomurodovning “Roma”dan ketishi haqida yoza boshladi. Xususan, footballnews24.it sayti muxbiri Filippo Kastoro o‘zbek hujumchisi portugaliyalik mutaxassis qo‘llayotgan texnik sxemalarga mos tushmayotganini va klub mutasaddilari uni sotib yuborish haqida bosh qotirayotganini yozdi.

- Shomurodovga qiziqishlar bor. “Jenoa”ning sobiq hujumchisiga Bundesligadan “Leyptsig” va “Xoffenxaym” qiziqmoqda. Biroq, ular o‘zbek legionerini qo‘lga kiritish uchun rimliklarga kamida 15 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi, deb yozdi Filippo Kastoro.

2081786f14e18548e1fefb5bfc1b0641

Futbol transferlariga ixtisoslashgan transfermarkt portalida qayd etishicha, “Roma” o‘tgan yili yozda “Jenoa”dan Shomurodovni transfer qilish uchun 18 million evro xarajat qilgan. Hujumchimizning mahoratini yuqori baholagan rimliklar unga 2026 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma imzolatgan edi.

Shomurodov zaxiraga o‘tirib qolgani va hujumchi sifatidagi statistikasi samarador emasligini inobatga olib, “Roma” o‘z hujumchisini xarid qilgan narxdan pastrog‘iga qo‘yib yuborishga majbur. Bu transferdan rimliklar ko‘radigan foyda bir necha million evroni bo‘shatish va boshqa transferlarga yo‘naltirish bo‘ladi xolos. Ular Shomurodovni sotib yuborgan taqdirda ham unga sarflagan xarajatini chiqara olmaydi, zarariga sotishiga to‘g‘ri keladi.

“Roma” Portugaliyadan hujumchi kutyapti

Yozda “Roma” hujum chizig‘ida katta ehtimol bilan sezilarli o‘zgarishlar bo‘ladi. Ayni paytda sport direktori Tyagu Pinto “Benfika”ning yosh hujumchisi Gonsalo Ramushning transferi bo‘yicha ish boshladi.

21 yoshli hujumchi “Benfika” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Iste’dodli futbolchi bu mavsumdan e’tiboran lissabonliklarning asosiy tarkibidan muqim o‘rin oldi. Portugaliya chempionatida 26 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini etti bor ishg‘ol qildi va ikkita golli pas uzatdi.

Chempionlar ligasi chorak finalida “Liverpul” darvozasiga to‘p kiritganidan keyin ko‘plab skautlar unga e’tibor qarata boshladi.

Gonsalo Ramushning “Benfika” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha davom etadi. Shu bois, “Roma” rahbariyati Mourino istayotgan ushbu o‘yinchini Rimga olib kelish uchun kamida 15 million evro sarflashiga to‘g‘ri keladi.

aa4eee93e97be22519aca880d934cf83-quality_70Xresize_1Xallow_enlarge_0Xw_835Xh_0

Mourino “Chelsi”dan yana o‘yinchi olmoqchi

“Chelsi”dan olib kelingan Temmi Abraxam transferini o‘zini oqlaganidan keyin “Roma” rahbariyati kelasi yozda “aristokratlar”ning yana bir futbolchisini Rimga ko‘chirib kelmoqchi.

Daily Mail nashrining yozishicha, Joze Mourino har doim ham “Chelsi”ning asosiy tarkibiga kira olmayotgan Ruben Loftus-Chikka xaridor bo‘lmoqda. Portugaliyalik mutaxassis angliyalik yarim himoyachi maydon markazini kuchaytirishiga ishonmoqda.

Rimliklar 26 yoshli o‘yinchini olish uchun Angliya klublari bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. Chunki Rubenga hozirning o‘zida “Vest Xem”, “Everton” va “Kristal Pelas”dan jiddiy chorlovlar bo‘lyapti.

Ruben Loftus-Chik “Chelsi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Orada ikki marta ijaraga jo‘natilib, “Kristal Pelas” va “Fulxem”da ham to‘p tepgan.

“Aristokratlar” bosh murabbiyi Tomas Tuxel yozda uni birinchi jamoada olib qolgan edi. Biroq, Rubenning mavsum davomidagi o‘yini sifat jihatidan germaniyalik murabbiyni qoniqtirgani yo‘q.

16343360

Loftus-Chik bu mavsum barcha turnirlarda 32 marotaba maydonga tushib, atigi bitta gol urdi va to‘rtta golli pas uzatdi.

Amaldagi shartnomasi yana ikki mavsum davom etadigan futbolchining transfer summasi 20 million evroga baholanmoqda.

“Roma” muxlislariga bitta yaxshi va bitta yomon xabar!

O‘zbek hujumchisi bunday o‘ynashida Evropaning kuchli chempionatlariga ketadi!

Buni faqat Mourino eplagan

Evropadagi ligada biz bilgan va bilmagan legionerlarimiz...

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Rossiya premer-ligasi klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi!

O‘zbek legioneri gol ursa, bu jamoa yutqazmayapti!

Mourino bitta qo‘ng‘iroq bilan katta transferni hal qildi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!