
Shomurodov: Karpin Italiyada bu jamoani chempion qilardi!
O‘zbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari o‘z tarixida ilk bor o‘rtoqlik uchrashuvida kuch sinashdi. “Paxtakor” markaziy stadioni mezbonlik qilgan bahs tengkurashlar ostida o‘tdi. Uchrashuvda hisob ochilmadi.
Ushbu o‘rtoqlik o‘yini muhokamasi tobora avj olib bormoqda. O‘yinda ishtirok etgan futbolchilari, murabbiylar, mutaxassislar o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqda.
Toshkentda tashkil etilgan ikkita o‘rtoqlik bahsi – Qozog‘iston va Rossiya terma jamoalariga qarshi bahslarda ko‘pchilikning e’tibori “Roma” vakili Eldor Shomurodovda bo‘ldi.
27 yoshli hujumchimiz birinchi uchrashuvda Qozog‘iston darvozasiga to‘p kiritib, terma jamoamizning g‘alabasini ta’minladi.
Rossiya futbolchilari bilan bo‘lgan bahsda Eldor raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi.
Eldor Shomurodov uchun rossiyaliklarga qarshi bellashuv alohida ahamiyat kasb etdi. Chunki mehmon terma jamoaga ayni paytda Valeriy Karpin bosh murabbiylik qilmoqda. O‘z davrida zo‘r futbolchi bo‘lgan va Evropa futbolida ham nom qozongan bu mutaxassis Shomurodovni “Rostov”da o‘ynatganini yaxshi bilasiz.
Xullas, Eldor ilk bor o‘z ustozi tayyorlagan jamoaga qarshi to‘p surdi. Rossiyalik jurnalistlar o‘yindan keyin legionerimizdan Valeriy Karpinning murabbiy sifatidagi salohiyati va imkoniyatiga baho berishni so‘radi.
- Karpin juda kuchli mutaxassis. Rossiyada eng zo‘ri. U Italiyada har qanday jamoani, xususan “Yuventus”ni boshqarishga qodir. Karpin “Yuventus”ga chempionlikni qaytarib olib berardi, - dedi Eldor Shomurodov.
Qizig‘i shundaki, retma-ket 10 yil davomida Italiya chempioni bo‘lgan “Yuventus” Shomurodov A Seriyaga ko‘chib o‘tganidan beri skudettoni qo‘lga kirita olgani yo‘q. Keyingi ikki mavsumda chempionlik Milan klublari – “Inter” va “Milan”ga nasib qildi. Joriy chempionatda esa “Napoli” yakka peshqadamga aylangan.
Men bu ertaklarga ishonmayman!
Rossiya milliy terma jamoasining Markaziy Osiyodagi o‘rtoqlik o‘yinlarini taniqli mutaxassis Sergey Yuran ham muhokama qildi.
Bilasiz, rossiyaliklar Tojikiston va O‘zbekiston darvozalariga to‘p kirita olmadi. Aynan mana shu holat Rossiyada ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Rus matbuotida Valeriy Karpin shogirdlari ikkita uchrashuvdan birortasida g‘alaba qozona olmagani tanqid qilinyapti.
- Biz nega Tojikiston va O‘zbekiston terma jamoalarini enga olmaganimizni umuman tushunmayman. Agar men terma jamoa bosh murabbiyi bo‘lsam, buning sababini mendan so‘raysizlar.
Hozir hamma savol Karpinga. O‘zbekiston va Tojikiston kuchli raqib ekani haqidagi ertaklarga ishonmayman, - dedi Sergey Yuran.
Bu o‘yinlar kerak edi!
Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Danil Glebov Tojikiston va O‘zbekiston futbolchilari bilan bo‘lib o‘tgan bellashuvlar ancha foydali va ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
- Bunaqa o‘rtoqlik o‘yinlari albatta kerak.
Nega deganda, Rossiya terma jamoasi safiga Pinyaev hamda Karpukas kabi yosh o‘yinchilar qo‘shildi.
Ularni birinchi marta milliy jamoaga chaqirishdi, yangi qo‘shilganlar bu erdagi talab va muhitni yaxshi bilib olishlari shart. O‘rtoqlik uchrashuvlari ularning tezroq moslashishiga xizmat qiladi, - dedi Danil Glebov.
Rossiya futbolchilari O‘zbekistonning kuchiga qanday baho berdi?
O‘runov TsSKAda o‘ynab ketardi, hozir boshqa futbolchimiz “Spartak”da o‘ynashga qodir!
Karpin “Roma”da o‘ynay olmayotgan Shomurodovga yana qimmatli maslahat berdi, zora hammasi o‘zgarsa!
O‘runov jamoasiz qolganining haqiqati ochildi!
Italiya klubi Shomurodovga joy berish uchun taktikasini o‘zgartirishga qaror qildi
Italiya klubi Shomurodov transferiga munosabat bildirdi
Shomurodov ustozini Italiyaga chaqiryapti!
Shomurodov va Abraxamdan keyin Dibala ham “Roma”dan ketadigan bo‘lyapti!
Fikrlar