Shomurodov koronavirusning o‘chog‘iga borgan ekan

  • 15 noyabr, 2020, 19:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Mutaxassislarning ma’lumotlariga qaraganda, A Seriya klublarining deyarli barchasi koronavirusga bevosita duch kelgan.

Umumiy hisobda, shu paytgacha Italiyada faoliyat ko‘rsatayotgan 104 nafar o‘yinchi koronavirus yuqtirib olgan. Faqatgina “Udineze” koronavirusdan himoyalanishda saralashi kurashayotgan yagona klub bo‘lib qoldi.

Oktyabr oyining ilk kunlari “Rostov”dan ketib, Genuya shahriga yo‘l olgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov koronavirusning o‘chog‘iga borgan bo‘lib chiqyapti. “Jenoa”da koronavirus epidemiyasining tarqala boshlagan vaqti aynan Eldor Shomurodov Genuya shahriga kelgan kunlariga to‘g‘ri keldi. “Jenoa”ning 18 nafar futbolchisi infektsiyani yuqtirib olgan edi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Shomurodov jamoasi A Seriyada birinchi o‘rinda turibdi.

Shuningdek, “Parma”da o‘n ikki, “Roma”da o‘n bir, “Sampdoriya”da sakkiz nafar futbolchida COVID-19 virusi borligi aniqlangan. Shuningdek, “Fiorentina”, “Inter”, “Milan”da ettita, “Latsio” va “Sassulolo”da oltita, “Yuventus”, “Spetsiya” va “Torino”da beshtadan holatda futbolchilar zararlangan. Zlatan Ibrohimovich va Krishtianu Ronaldu singari futbol yulduzlari ham koronavirusdan davolanib chiqishga majbur bo‘ldi.

Shomurodov rasmiy uchrashuvga tayyorlanyapti

Shomurodov nima bilan mashg‘ul?

O‘zbekistonning eng zo‘r to‘purarlari: Shatskixdan Shomurodovgacha!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!