
Shomurodov qaysi jamoani tanlaydi?
“Roma” yanvarda bir urinishda ikkita transferni hal qilmoqchi. Birinchi navbatda, “bo‘rilar” anchadan beri Joze Mourino nishonida turgan norvegiyalik hujumchi Ola Solbakkenni o‘z safiga qo‘shib oladi.
24 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda Konferentsiyalar ligasi doirasida “Roma” darvozasini ishg‘ol qilib, o‘z harakatlari bilan portugaliyalik murabbiyda katta taassurot qoldirgan edi. “Roma” sport direktori Tyagu Pinto o‘shandan beri har ikki qanotda o‘ynay oladigan vinger bilan aloqani ushlab turibdi.
Bo‘lajak transfer borasida deyarli barcha masala rimliklar uchun hal bo‘lgan. Ola Solbakkenning o‘zi o‘sha paytdayoq Rimga ko‘chib o‘tishga rozilik bergan. Biroq, “Budyo-Glimt” yangi mavsumning muhim uchrashuvlari oldidan uni yozda qo‘yib yuborishni istamadi. Endi 31 dekabrda tomonlarning o‘zaro kelishuvi tugaydi.
Bundan tashqari, Solbakken uchun “Napoli” ancha jiddiy kurashdi. Lekin neapolliklar birdaniga norvegiyalik o‘yinchini olish fikridan qaytgani “Roma”ga ancha qo‘l keladigan bo‘lyapti.
Demak, Ola Solbakken “Budyo-Glimt” bilan shartnomasi yakunlanishi bilan A Seriyaga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.
Bu futbolchi “RoseborgII” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va yana “Ranxeym” klubi sharafini ham himoya qilgan. 2020 yilning yanvarida “Budyo-Glimt” safiga qo‘shilgan edi.
Solbakken faoliyati davomida klublar miqyosida jami 132 ta uchrashuvda maydonga tushib, 24 ta gol va 33 ta assist muallifi bo‘lgan.
“Roma” Solbakkenni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun unga joy ochishi kerak. Ketadigan birinchi nomzod Eldor Shomurodov ekani aytilmoqda. Yozda legionerimizga Italiya, Frantsiya, Germaniya, Turkiya, Rossiya, Saudiya Arabistoni klublaridan qiziqish bo‘lgandi. Lekin “Roma” rahbariyati, xususan, Joze Mourino hujumchimizni qo‘yib yubormadi.
Endi vaziyat o‘zgarishi mumkin. Eng achinarlisi, Eldor yaxshi sport formasida bo‘lishiga qaramay, unga o‘yin amaliyoti deyarli berilmayapti.
Italiya matbuoti yanvar oyida bo‘ladigan transfer bozorida Eldor Shomurodovga etarlicha takliflar bo‘lishini yozmoqda.
Hozircha, hamyurtimiz oldida ikkita variant turibdi.
- “Bolonya” hamon Shomurodov atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda. Ular yozda hujumchini o‘z jamoasiga olib kelmoqchi edi. “Roma” qo‘ygan talablar bolonyaliklarga to‘g‘ri kelmadi. Lekin endi muzokaralar boshqa talablar asosida qayta tiklanadi.
“Torino” varianti ham bor. Turinliklar Shomurodov vakillari bilan anchadan beri aloqani ushlab turibdi. Yurich jamoasi hujumchi qidiryapti va birinchi nomzod Eldor Shomurodov hisoblanadi, deb yozmoqda mashhur nashrlardan biri La Repubblica gazetasi.
Qishki transfer mavsumi yaqinlashgan sari Eldorning xaridorlari soni ham ko‘payadi. Biroq, hammasi yanvarda hal bo‘ladi.
A Seriya klubi: Nomzodlar ko‘p, asosiy nishon – Shomurodov!
Shomurodovning vazifasi boshqa futbolchiga yuklandi!
Abduxoliqov yangi asrning eng zo‘r legioner to‘purari bo‘lishi kutilmoqda!
Shomurodov ketadi(mi?)...
Fikrlar