Shomurodov – asosiy “qurol” bo‘ladi!

  • 17 fevral, 2023, 17:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov ko‘chib o‘tgan “Spetsiya” jamoasini mavsum oxirigacha jiddiy kurash kutmoqda. Liguriyaliklar so‘nggi to‘rtta uchrashuvda atigi bir ochko qozongani jamoaning musobaqa jadvalidagi pozitsiyasini xavfli hududga yaqinlashtirib qo‘ydi.

Keyingi pog‘onada turgan “Verona” oxirgi to‘rtta o‘yinda “Lechche” va “Salernitana”ni mag‘lubiyatga uchratdi, “Udineze” va “Latsio” kabi qudratli klublar bilan durangga erishdi. Buning natijasida ular bir pog‘ona yuqorida turgan “Spetsiya” bilan ochkolar orasidagi katta farqni ikkitagacha qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.

Empoli_Spezia_02112023

Qizig‘i shundaki, “Verona” ham yanvar oyida bir necha klublar qatorida Eldor Shomurodovga xaridor bo‘lgandi. 

Bu yog‘iga yuqori divizionda qolish uchun kurash ancha qiziydi. Qoidaga ko‘ra, A Seriyada oxirgi uchta pog‘onani egallagan jamoalar ligani tark etadi. “Sampdoriya” va “Kremoneze” bundan qutilib qolishi juda qiyin. Kurash asosan “Verona”, “Spetsiya” va “Salernitana” o‘rtasida kechishi kutilmoqda.

“Spetsiya” xo‘jayinlari vaziyatdan xavotirga tushib qolgan. Ular bosh murabbi Luka Gottini ishdan oldi.  Klub mutasaddilari bir necha murabbiy bilan muzokara olib borayotgani ham aytilmoqda.

Bo‘lajak raqiblar jiddiy. “Spetsiya” 19 fevral kuni o‘z maydonida “Yuventus”ni qabul qiladi. Bir haftadan keyin jamoa “Udineze” mehmoni bo‘ladi.

“Spetsiya” bor e’tiborni “Yuventus”ga qarshi o‘yinga puxta tayyorlanishga qaratgan. Turin klubida ham vaziyat ko‘ngildagidek emas. Moliyaviy firibgarliklar isbotlanganidan keyin jamoa hisobidan 15 ochko olib tashlandi. Chempionlar ligasi uchun kurashayotgan jamoa bu imkoniyatni qo‘ldan chiqarganidan keyin ko‘p o‘yinchilarning ishtiyoqi yo‘qolgan. “Spetsiya”ning esa bo‘shashishga haqqi yo‘q.

Liguriya klubi faoliyatini yoritayotgan nashrlar, xususan,  https://www.calciospezia.it hamda  https://www.acspezia.com  kabi saytlarning yozishicha, "Spetsiya" murabbiylar shtabi "Yuventus"ga qarshi bo‘ladigan bahsda hujum chizig‘ida asosiy qurol sifatida Eldor Shomurodovdan foydalanishga qaror qilgan.

Hozir murabbiylar shtabi Eldorga sherik sifatida qaysi futbolchidan foydalanish haqida bosh qotirmoqda. To‘qqizda gol bilan jamoaning eng zo‘r to‘purari bo‘lib turgan Mbala Nzola jarohatlaridan forig‘ bo‘lib, umumiy guruh mashg‘ulotlarida shug‘ullanayotganiga bir hafta bo‘ldi. Luka Gotti “Empoli” bilan bo‘lgan bahsda uni maydongu tushirishga botina olmadi.

Ikkinchi nomzod esa, “Empoli” darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilgan Daniele Verde hisoblanadi. Verde jamoa Shomurodovni olib kelganidan keyin “Spetsiya”ni tark etishga uringan edi. Lekin uning agentlari transferni amalga oshirishga ulgurmadi. Liguriyada qolishga majbur bo‘lgan Verde nihoyat joriy mavsumdagi gollari hisobini ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Biz uchun muhimi, liguriyaliklar “Roma”dan yarim mavsumga olingan Eldor Shomurodovga ishonch bildirishda davom etayotganidir. Legionerimiz bilan oldingi chiziqda Verde, Nzola yoki Emmanuel Gyassi o‘ynaydimi, bunisining farqi yo‘q.

5j2vadod4tl0tlf1l0k2jakvr8_FN24_LPS_833263-1024x683

Eldor Shomurodov esa, o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganini qadrlab, tezroq gollari hisobini ochishni tilab qolamiz. Zero, uning A Seriyadagi kelajagi mavsumning qolgan qismini qanday o‘tkazishiga bog‘liq.

"Spetsiya" va "Yuventus" o‘rtasidagi uchrashuv 19 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi. 

Anchelotti Shomurodov jamoasini boshqarishni orzu qilmoqda

G‘alaba boy berilgan o‘yinda Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Shomurodov liganing eng zo‘r darvozaboniga qarshi!

Shomurodov bilan birga zo‘r to‘purar o‘ynaydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dolche& Gabana
17/02/2023 20:49
Админ онени ами булади черт
Dolche& Gabana
17/02/2023 20:31
Туркинга кутагим онени эшше сиккур админ зайбал килдин наххуй 1та постни 50марталаб кайта куйвуриб гандон агар просмотр йук буса билгинки бу кийшик оек неинтересно хечкимга. Нето что бу пост бошкалариниям кайта кайта куйвурасанла сука сал профеционал булларин наххуй уродла блят урган championat.asiaдан сука иттан таркаган чала савоб ебан недодпланный журналист блят туркинга сике сайтинг билан сука
&
БМЗ
15/02/2023 21:45
Nimaga buncha maqtaysanlar, ko‘ramiz 5, 6 o‘yindan keyin zahiradagi eng kuchli oyinchiligi aniq bo‘lib surxonga tepishadi