Shomurodovni ko‘proq o‘ynating, muxlislar haqiqiy futboldan bahra olsin!

  • 23 dekabr, 2021, 19:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” 2021 yil taqvimidan o‘rin olgan o‘yinlarini tugatdi. E’tiborli jihati, rimliklarning yangi mavsumdagi birinchi uchrashuvida ham, oxirgi o‘yinida ham Eldor Shomurodov gol urdi.

Esingizda bo‘lsa, hujumchimiz “Roma”dagi ilk rasmiy o‘yinini UEFA Konferentsiyalar ligasi pley-off raundida “Trabzonspor” jamoasiga qarshi o‘tkazdi va Turkiyadagi bahsda to‘p kiritib, rimliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagan edi.

Nihoyat, yilning oxirigi to‘qnashuvida legionerimiz “Sampdoriya” darvozasini ishg‘ol qildi.

E’tiboringizga Shomurodovning “Sampdoriya”ga qarshi o‘yini borasida “Roma” klubi muxlislarining ijtimoiy tarmoqlarda bildirgan fikr-mulohazalarini havola qilamiz.

shomaaa_1

Bernard Harris:

Bu galgi o‘yinimiz avvalgi turda “Atalanta” ustidan qozonilgan g‘alaba katta omad bo‘lganini ko‘rsatib qo‘ydi. Jamoamizning eng qimmatbaho va katta maosh oluvchi o‘yinchisi Temmi Abraxam to‘pga o‘ynashdan ko‘ra, ko‘p gapirish va maydonda yiqilishni yaxshi uddalayapti.

Eldorni ko‘proq o‘ynating, muxlislar haqiqiy futboldan bahra olsin! Shomurodov va Dzanolo olg‘a!

Good Imperia:

Eldor, omadingni bersin!

Bonifacio Prezzolatino:

Baxtimizga O‘zbekiston bor ekan!

Gabriele GP:

“Roma” hujumkor jamoalar bilan yaxshi o‘ynayapti. Himoyalanadigan raqibga qarshi Shomurodov kabi hujumchining yordamini kutishiga to‘g‘ri kelmoqda. Gol darvoza burchagidagi harakatlar evaziga kiritildi. Endi bor umidimiz yangi transferlardan.

Andrea Polce:

“Roma” futbolchilaridan faqat Shomurodov  va Kris Smoling yuqori ballga loyiq o‘ynadi.

eldor-shomurodov-l-rui-patricio-c-et-chris-smalling-r-de-roma-se-saluent-avant-le-match-de-football-amical-avant-la-saison-entre-as-roma-et-raja-casablanca-le-14-aout-2021-au-stadio-olimpico-a-rome-italie-

Alessandro Casesa:

Bu gal ochko yo‘qotilishida Mourinoni ayblayman. Yarim himoyaga tezligi yo‘q Kristante qo‘ydi. “Sampdoriya” hujum qilishini bilgan holda tezkor o‘yinchilar – Feliks, Shomurodov yoki El-Shaaravini boshlang‘ich tarkibda tushirish kerak edi.

Adriano Rossi:

Hafsalam pir bo‘ldi. Atigi to‘rtta zarba. Faqat Shomurodov gol urishni uddaladi. Oxirgi 20 daqiqa ustunlikni ko‘rdik xolos.

Gabriele Anedda:

Shomurodov va El-Shaaravi tushganidan keyin hisobni ochdik. Bu yaxshi ko‘rsatkichmi?

Simone Volponi:

Yanvardan boshlab Shomurodovni ko‘proq o‘ynatinglar!

9618e6f6df91d7777c9ac9b1524f8dc461c3899d9c3dc999682577

“Roma” 2022 yildagi ilk uchrashuvini A Seriyaning 20-turida “Milan”ga qarshi o‘tkazadi. Raqib maydonida bo‘ladigan uchrashuv 6 yanvarga belgilangan.

Eldor juda qaysar va qaytmas bola ekan! Italiya matbuoti eng yuqori ballni Shomurodovga berdi!

Jarohatdagi Abraxam tarkibdagi joyini gol urgan Shomurodovga bermoqchi emas!

Mourino kutmagan vaziyat: “Roma”ning legioner hujumchisi yanvarda ketadi!

Rossiya klubi O‘runovni transfer qilishga o‘ylanib qoldi!

O‘zbek legioneri katta summaga transfer qilinadi!

Shomurodov shoshilmasa bo‘lmaydi!

 Shomurodovning hisobi bo‘sh...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!