Shomurodov “Venetsiya”ni quyi ligaga jo‘natvordi!

  • 15 may, 2022, 12:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” mavsum oxiriga kelib, ancha toliqib qolgani ko‘rinib qoldi. Bu ko‘proq Joze Mourino mavsum davomida asosan bir tarkib, bir xil o‘yinchilardan foydalanayotgani bilan bog‘liq bo‘lsa kerak.

Tecno

A Seriyaning 37-turida rimliklar mavsumning so‘nggi bahsda chempionat autsayderlaridan “Venetsiya” bilan kuch sinashdi. “Roma” shu kuni chiroyli g‘alaba bilan “Olimpiko”ga jamlangan minglab muxlislarini xursand qilmoqchi edi. Raqib ham juda mos – so‘nggi pog‘onada turgan va ligada eng ko‘p gol o‘tgazgan “Venetsiya”.

“Roma” esa liganing eng ko‘p hujum uyushtiradigan va shunga yarasha golli vaziyatlarni eng ko‘p barbod qiladigan jamoasi ekani bu gal ham o‘z isbotini topdi. Mutaxassislar jamoa to‘purari Temmi Abraxam o‘ziga yaratilgan vaziyatlarning yarmidan foydala olganda ham “Roma” hozir Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lardi, deb hazillashishi bejiz emas.

26249106

Mourino har qanday vaziyatda ham faqat angliyalik hujumchiga suyanib knlmoqda. Temmi zo‘r hujumchi, unga ortiqcha e’tiroz yo‘q. Lekin zaxirada qolib ketayotgan forvardlar ham Joze Mourinoning qo‘liga kelgunga qadar nimalarga qodirligini isbotlab kelgan va maydonda etarlichi o‘ynashga loyiq.

Xullas, amalda “Roma” raqibni yanchib tashlay olmadi. Mehmonlar  David Okerekening birinchi daqiqadagi goli evaziga hisobni ochdi. Umumiy hisobda qo‘yib berilgan kompensatsiya daqiqalarini qo‘shib hisoblaganda rimliklar 100 daqiqadan ortiq vaqt davomida o‘yinni qutqarish uchun ter to‘kdi.

“Olimpiko”dagi so‘nggi o‘yinda Eldor Shomurodov qahramon bo‘ldi. Hamyurtimiz 60-daqiqada Jordan Veretuning o‘rniga maydonga tushdi. Oradan 15 daqiqa o‘tib, avvaliga Lorentso Pellegriniga ajoyib pas berib, qulay vaziyatga chiqargan Eldor, jamoa sardorining zarbasidan keyin darvozabonga tegib qaytgan to‘pni hech kim to‘solmaydigan qilib, “Venetsiya” darvozasiga joylab qo‘ydi.

Goldan ruhlangan mezbonlar qolgan daqiqalarda ham hujumchi bo‘shashtirgani yo‘q. Raqib darvozasi sari rekord darajada ko‘p – 46 ta zarba yo‘llandi. “Venetsiya” posboni Niki Myaenpya shu kuni darvozaga aniq kelgan 16 ta zarbani bartaraf etib, kuchli beshlik chempionatlarining so‘nggi uch yildagi rekordini o‘rnatdi. 37 yoshli finlyandiyalik posbon uzoq yillik faoliyati davomida bir o‘yinda bu qadar ko‘p zarbaga duch kelmagan bo‘lsa kerak.

Joze Mourino ham jamoasining ko‘p vaziyatlardan foydalan olmasligini tanqid qildi.

- Bizda yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanish darajasi juda past. Kelasi mavsumda mana shu kamchilik ustida ko‘proq ishlashimiz talab qilinadi.

Agar biz Konferentsiyalar ligasida g‘olib chiqsak, bu odamlar uchun “Milan” yoki “Inter” skudettoni yutganidan ko‘proq  hissiyot beradi, - dedi portugaliyalik mutaxassis.

“Venetsiya” Eldorning golidan keyin nazariy jihatdan ham A Seriyada qolish imkoniyatidan mosuvo bo‘ldi. Aytish joizki, venetsiyaliklar birinchi davra bahsida “Roma”ni mag‘lubiyatga uchratgan edi. O‘sha bahsda ham Shomurodov gol urishdan tashqari, Temmi Abraxamga assistentlik qilgandi.

128462_7j9cn8d

“Roma” chempionatning so‘nggi uchrashuvi oldidan Evropa Ligasiga yo‘llanma beruvchi beshinchi va oltinchi o‘rinlardan quruq qolib ketishi mumkin. Buyog‘i endi uning ta’qibchilari – “Atalanta” va “Fiorentina” bugungi bellashuvlarda qanday natija qayd etishi va so‘nggi turdagi o‘yinlar tugashiga bog‘liq bo‘ladi.

Legionerimiz o‘ziga Evropaning kuchli ligalariga yo‘l ochmoqda!

Shomurodov va Peres o‘rniga “Roma” ikkita zo‘r hujumchi olyapti!

Mourino kelishilgan o‘yinlarga ko‘nmadi

“Roma”ning po‘stagini qoqamiz!

Shomurodov, endi senga yanada qiyin bo‘ladi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!