Yaponiyada gol urgan Shomurodov o‘yindan keyin o‘tkir fikr bildirdi!

  • 28 noyabr, 2022, 19:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino murabbiyligidagi “Roma” Yaponiyada tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini yakunladi.

Tecno

Yig‘in oxirida rimliklar “Yokogama Farinos” jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida kuch sinashdi. Gollarga boy bo‘lgan bahs 3:3 hisobida durang natija bilan tugadi. Rimliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan to‘pni so‘nggi daqiqalarda Eldor Shomurodov kiritdi.

roma-nippo

Uchrashuvdan keyin legionerimiz o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Eldor intervyuda quyidagicha javob berdi.

Bahs haqida

Aslida men ko‘proq gol ura olaman. Nafaqat men, boshqalar ham. Bizda juda ko‘p qulay vaziyatlar yuzaga keldi, lekin ulardan unumli foydalanish borasida ko‘proq ishlashimiz kerak. Bu ochiq o‘yin bo‘ldi va shuning uchun ham bo‘sh hududlar ko‘p edi. Bunaqa vaziyatda o‘ynash ancha qulay, bu ustunliklardan foydalanish mumkin.

“Yokogama Farinos” haqida

Bu juda yaxshi jamoa. Ularning futbolchilari ancha dadil o‘ynadi. Stadionga kelgan muxlislar ham yaxshi o‘yindan mamnun bo‘ldilar, - deb o‘ylayman.

Muxlislar haqida

Stadionga kelib, futbolchilarni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat. Bu erda “Roma”ga ishqibozlik qiluvchi fanatlarning ko‘pligida juda xursand bo‘ldik.

BIG-shomurodov-roma-yokohama-1

Endi “Roma” futbolchilari Rimga qaytadi va ularga ikki hafta atrofida ta’til beriladi.

Shundan keyin Joze Mourino shogirdlarini o‘z yurtiga olib ketadi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, “Roma” futbolchilari 15-22 dekabr kunlari Portugaliyaning Albufeyra shahrida ikkinchi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.

A Seriya o‘yinlari 4 yanvardan davom ettiriladi. Shu kuni  “Roma” o‘z maydonida “Bolonya” futbolchilari bilan kuch sinashadi.

Shomurodovning goli “Roma”ni mag‘lubiyatdan qutqardi. Endi Mourinoning munosabati o‘zgaradimi?

Vaziyat Shomurodov istagandek emas!

O‘runov jamoasiz qolganining haqiqati ochildi!

Shomurodov va Abraxamdan keyin Dibala ham “Roma”dan ketadigan bo‘lyapti!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!