A Seriya. Tottining so‘nggi o‘yinida “Roma” “Jenoa” ustidan g‘alabaga erishdi va boshqalar

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bundan bir necha daqiqa ilgari Italiya A Seriyasi 38-turida “Milan” safarda “Kalyari”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergani haqida ma’lumot bergan edik.

Hozirgina tur doriasidan o‘rin olgan yana ikki o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. “Roma” afsonasi Franchesko Tottining so‘nggi o‘yini bo‘lgan bahsda rimliklar “Jenoa”ni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi. Tottining o‘zi esa ikkinchi bo‘limda zahiradan maydonga tushirildi.

“Napoli” jamoasi esa safarda “Sampdoriya” ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi – 4:2.

Italiya A Seriyasi. 38-tur

Sampdoriya – Napoli 2:4 (0:2, 2:2)

Gollar: 0:1 – 36 Mertens, 0:2 – 42 Insine, 0:3 – 49 Gamshik, 1:3 – 50 Kualyarella, 1:4 – 65 Kalexon, 2:4 – 90 Alvares.

Sampdoriya – Pudjoni, Silvestre, Bereshinski, Shkrinyar, Redjini, Torreyra (Palombo, 66), Linetti, Barreto (Alvares, 77), Fernandesh(Prat, 53), Kualyarella, Shik.

Napoli – Reyna, Xyusay, Kirikesh, Gulyam, Kulibali, Mertens, Zelinski (Rog, 67), Insine, Gamshik (Djakkerini, 84), Kalexon, Jorjino(Diavara, 71).

Ogohlantirish: Shkrinyar (53).


Roma – Djenoa 3:2 (1:1, 2:1)

Gollar: 0:1 – 3 Pellegri, 1:1 – 10 Djeko, 2:1 – 74 de Rossi, 2:2 – 79 Lazovich, 3:2 – 90 Perotti.

Roma – Shchensny, Manolas, Emerson (Mariu Ruy, 18), Ryudiger, Fasio, Strotman, de Rossi, Nainggolan, Salax (Totti, 54), El-Shaaravi (Perotti, 69), Djeko.

Djenoa – Lamanna, Biraski, Munos, Xentiletti, Kofi, Lazovich, Xilemark (Kataldi, 56), Laksalt, Velozu, Palladino (Ninkovich, 50),Pellegri (Ntcham, 69).

Ogohlantirishlar: Perotti (90), Djeko (90).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!