“Atletiko” – “Bayer” uchrashuviga oid 10 ta fakt

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun EChL 1/8 final javob uchrashuvlari davom ettiriladi. Unda Germaniyadagi bahsda 4:2 hisobida g‘alaba qozongan “Atletiko” o‘z maydonida “Bayer”ni qabul qiladi. Biz esa bo‘lajak uchrashuvga oid ayrim faktlarni e’tiboringizga havola etamiz.

1. EChL tarixida faqatgina ikki jamoa pley-off o‘yinlarida dastlabki o‘yinda o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsada, keyingi bosqichga o‘tgan xolos. Bular “Ayaks”(1995/96 yilgi mavsumda “Panatinaikos” bilan) va “Bavariya”(2010/11 yilgi mavsumda “Inter” bilan);

2. “Atletiko” o‘z tarixida to‘qqizinchi bor EChL chorak finalida o‘ynashi mumkin;

3. “Atletiko” o‘z maydonida o‘tgan evrokuboklardagi so‘nggi 33 bahsning 28 tasida g‘alaba qozongan va faqatgina ikki bor mag‘lubiyatga uchragan. O‘z-o‘zidan ma`lumki, qolgan 3 bahsda “matraschilar” raqib bilan murosa ko‘chasini tanlashgan;

4.  “Atletiko” 1996/97 yilgi mavsumdan buyon o‘z maydonida nemis jamoalariga mag‘lub bo‘lmay kelmoqda;

5. “Atletiko” o‘z maydonida nemis jamoalari bilan 18 bor o‘ynagan va shundan 13 tasida g‘alaba qozongan, ikki bor durang o‘ynagan va 3 marta mag‘lub bo‘lgan;

6.   “Atletiko” evrokuboklar pley-off bosqichida mehmondagi o‘yinda g‘alaba qozonsa, doimo keyingi bosqichga chiqib kelgan. Bunday holatlar soni 20 tani tashkil etadi;

7. O‘z navbatida “Bayer” mehmondagi so‘nggi 6 o‘yinning birortasida mag‘lubiyatga uchramagan – 3 g‘alaba va 3 durang;

8. “Bayer” evrokuboklar doirasida Ispaniyaga 17 bor tashrif buyurgan bo‘lib, shulardan faqatgina 3 tasida g‘alaba qozonga, 2 marta durang o‘ynagan. Qolgan 12 o‘yinda esa ispan jamoalari o‘z maydonida “Bayer”ga umuman imkoniyat qoldirmagan;

9. “Bayer” evrokuboklar pley-off bosqichida La ligada o‘ynaydigan jamoani turnirdan chiqarib yuborgan so‘nggi bor 1988 yilda kuzatilgan ekan(UEFA kubogi “Espanol”ga qarshi);

10. “Bayer” evrokuboklar pley-off bosqichida o‘z maydonidagi dastlabki o‘yinni boy bergan o‘yinlarda “dorishunoslar” har safar turnirni tark etishga majbur bo‘lishgan. Bunday holat 9 bor ro‘y bergan ekan.

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!