
“Buxoro” muxlislar klubi etakchisi lavozimidan bo‘shatildi
Xabaringiz bor, bir necha kun oldin "Buxoro" klubida bosh murabbiy, maslahatchi va boshqalar o‘z lavozimlaridan ozod etilgandi. Endi esa fan-klub raisi ham ishdan olindi.
Bir necha yil mobaynida “Buxoro”da fan-klub raisi sifatida faoliyat yuritgan Orif Asadov lavozimidan bo‘shatildi.
Orif Asadov muxlislarni yanada jipslashtirib, jamoani barcha o‘yinlarda qo‘llab-quvvatlab turgan yoshi ulug‘ muxlis edi.
Bu haqda klub muxlislari saytimizga ma’lum qilishdi.
Fikrlar