Fomin to‘p surayotgan "Saham" yirik hisobda g‘alabaga erishdi
Xabaringiz bor, o‘tgan mavsumni “Buxoro” klubida o‘tkazgan himoyachi Maksimilian Fomin yangi mavsumni Ummonning “Saham” klubida davom ettiradi.
SPORTS.uz internet-axborot portaliga ma’lum bo‘lishicha, Ummonda yig‘in olib borayotgan jamoa mavsum oldidan yana bir o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. “Bulanda Al-Askari” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘yin hamyurtimiz to‘p surayotgan klub foydasiga 3:0 hisobida yakunlandi. Ushbu o‘yinda Fomin asosiy tarkibda maydonga tushdi va to‘liq harakat qildi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda “Saham” o‘z safiga yana bir o‘zbekistonlik himoyachini qo‘shib olishga yaqin turibdi. Ammo transfer bilan bog‘liq tafsilotlar hozircha oshkor qilinmayapti.


Fikrlar