“Lokomotiv” bugun qanday jamoani mag‘lub etdi

  • 27 fevral, 2017, 20:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi OChL 2-turida BAAning “Al-Axli” jamoasini 2–0 hisobida mag‘lub etdi. Ho‘sh, umuman “Al-Axli” qanday jamoa o‘zi?

Tecno

Vitaliy Denisov faoliyatiga nazar

“Lokomotiv”ning Chempionlar ligasidagi ishtirokiga oid faktlar

1. “Al-Axli” jamoasi 1970 yilda Dubay shahrida “Al-Shabab”, “Al-Vehda” va “Al-Najah” jamoalari birlashuvi natijasida tashkil topgan;

2. “Al-Axli” so‘zi arabchadan milliy degan ma’noni anglatadi;

3. Jamoa o‘z uy uchrashuvlarini 9 mingdan ziyod tomoshabinni o‘z bag‘rida sig‘dira oladigan “Al-Rashid” stadionida o‘tkazib keladi;

4. “Al-Axli” BAAning eng sovrindor jamoalaridan sanaladi. “Milliy jamoa” hisobida jami 21 ta rasmiy titul mavjud;

5. Jumladan klub so‘nggi 10 yilda 11 ta sovrinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan;

6. “Al-Axli” 2009 yilgi Klublar o‘rtasidagi JChda ishtirok etgan va ilk bosqichdayoq, Yangi Zelandiyaning “Oklend Siti” jamoasiga 0–2 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etgan;

7. “Al-Axli” 2015 yilgi mavsumda OChL finaliga qadar etib borgan va ikki uchrashuvdan iborat bo‘lgan o‘yinda Luis Felipe Skolari boshqaruvidagi “Guanjou Evergrand”ga imkoniyatni boy berib qo‘ygan;

8. Jamoaga 2013 yildan buyon rumyniyalik Kosmin Olariu ustozlik qilib keladi. “Al-Axli” mazkur mutaxassis qo‘l ostida 4 yilda 6 ta sovrinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Qolaversa, klubni OChL finaliga olib chiqqan ham aynan Olariu janoblaridir;

9.  “Al-Axli” ayni vaqtda BAA pro-ligasida 41 ochko bilan 2-pog‘onada bormoqda. Dubayliklar hisobida 19 turdan so‘ng 41 ochko mavjud va ular dastlabki o‘rindagi “Al-Jazira”dan 9 ochkoga ortda borishmoqda. Qayd etish joiz pro liganing bu mavsumdagi g‘olibi klublar o‘rtasidagi JChga yo‘llanmani qo‘lha kiritadi;

10. Bundan tashqari jamoa BAA liga kubogida finalga chiqqan bo‘lsa, Prezident kubogi musobaqasida esa ilk bosqichdayoq turnirni tark etgan.

“Bunyodkor” OChL birinchi turida qanday natijalar qayd etgan?

“Nasaf”ning ChLdagi ishtirokiga oid faktlar

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!