Mening yo‘lim, mening qoidalarim: Meyvezer Xabibni yaponiyalik sportchiga almashtirdimi?

  • 18.11.2018 17:08
  • 0
  • Boks

Floyd Meyvezer bir yildan ortiq vaqt davomida jang qilgani yo‘q, ammo so‘nggi vaqtda u ancha faollashib qolgan va ringga qaytishni rejalashtirmoqda. Avvaliga u Xabib Nurmagomedov bilan norasmiy muzokaralar o‘tkazgan bo‘lsa, keyin yaponiyalik Tensin Natsukava ushbu ro‘yxatga qo‘shildi. Engilmas chempion kimni tanlaydi?

> Meyvezerga Nurmagomedov bilan jang uchun 150 mln dollar taklif qilindi

"Menda hammasi yaxshi"

Meyvezer yana jang qilishiga shubha qilish qiyin. Qachonki, nimadir haqida ko‘p gapirilsa, bu odatda amalga oshadi. Buni tarixda eng shov-shuvli va kassabop janglar biri – Konor Makgregor bilan bo‘lgan to‘qnashuvda ko‘rish mumkin. Bu jangdan oldin juda ko‘p muhokamalar va gap-so‘zlar bo‘lib o‘tgan edi. Hattoki, ko‘pchilik bunga ishonmagan edi. Ammo Meyvezerning keyingi jangi rasmiymi yoki ko‘rgazmali? Bu savolga TMZ nashri jurnalisti sobiq jahon chempionining o‘zidan javob oldi.

Nima bo‘lishini bilmayman, – deydi Meyvezer. – Bu Xabib meni chaqirdi, men emas. Ular jangning oktagonda bo‘lishi kerakligini aytishmoqda, ammo men tezda so‘radim: oktagonda 9 xonali gonorar qilganmisizlar? Shunaqasi bo‘lganmi? Yo‘q. Shuning uchun A tomon – bu men, Floyd “PUL” Meyvezer. Shuning uchun mening Xabibga maktubim quyidagicha: Jang bo‘lishini istaysizlarmi – u bo‘ladi, biroq mening qoidalarim asosida. Bu boksda tashkil qilinadi. Boks yoki hech narsa! Bu mening yo‘lim, mening o‘yinim, mening qoidalarim. Menga tashkil etiladimi yoki yo‘q, umuman farqi yo‘q. Menda bu jangsiz ham hammasi yaxshi. Mening butun Los-Anjeles bo‘ylab uyim bor.

Meyvezer vs Habib

Bu gaplar Floydning jangga tayyorligini bildiradi, ammo barchasi Nurmagomedov jamoasining bu shartlarni qabul qilish-qilmasligida. Las-Vegasda boks qoidalari bo‘yicha jangga tayyor bo‘lishsa va rossiyalik sportchi katta ehtimol bilan 99 % mag‘lub bo‘ladimi? Agar dollarda 8 xonali mablag‘ga (gonorarga) tayyor bo‘lsangizlar, demak jang 2019 yilda o‘tkazilishi mumkin.

Eng qimmat ko‘rgazma

Meyvezerda borasida yana bir muammo bor. Gap shundaki, u aralash yakkakurash jang san’atlari ustasi yaponiyalik Tensina Natsukava bilan jang qilish uchun muzokaralar o‘tkazmoqda. Bu 20 yoshli sportchi uchun juda Rizin promoushinida ajoyib yutuq bo‘ladi. Bu sportchi Yaponiyada juda taniqli va endi buning ortidan yaxshigina pul ishlab olishni istamoqda. Ammo hozircha, bu erda pulni Floyd qiladi.

Men bu haqda gapirib, 8 xonali raqam iborat mablag‘ olganman, – deydi u. – Menga muzokaralar uchun faqatgina misli ko‘rilmagan pul to‘lashmoqda. Biz jang o‘tkazamiz. Bu rasmiy emas, kichik ko‘rgazmali jang. Boks qoidalari bo‘yicha 9 daqiqalik to‘qnashuv. Oyoqlarda zarba berilmaydi. Odamlar Floydni kim bilan bo‘lsa ham pul uchun urushadi deb gapirishadi. Ular hech narsani tushunishmaydi. Bu xuddi Bill Geyts yoki Uorren Baffet nimanidir pul uchun qilishadi degan gapga o‘xshaydi. Men ko‘p marta aytganman: “men kambag‘al emasman”. Menda etarlicha pul bor. Bu tarixdagi eng qimmat ko‘rgazmali jang bo‘ladi. Men boksdan ketganman, ammo yaxshigina pul ishlab olaman. Shunchaki, dunyo bo‘ylab sayohat qilaman. Men hali 60 yoki 70 yoshda emasman. Hattoki, shu yoshda ham men shunday hayot tarzida bo‘laman.

Jang tashkilotchilari Rizin promousheni bilan Meyvezer promouterlik kompaniyasiga chiqishmoqda. O‘tgan hafta Meyvezer yaponiyalik bilan jangni inkor qilgan edi, ammo hozir uni yana tasdiqladi. Avvaliga jang 31 dekabr kuni Saytamada (Yaponiyadaga shahar) o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Hattoki, agar to‘qnashuv haqiqatan ham boks qoidalari bo‘yicha 9 daqiqa davom etadigan bo‘lsa, Floyd bunga tayyor bo‘lishi zarur. Bu yigitcha esa kikboksing bo‘yicha 27 jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan.

Shunday qilib, Floyd Natsukava bilan ham, Nurmagomedov bilan ham jang qilishi mumkinmi? Ha, albatta, biroq hozir barcha e’tibor yaponiyalik sportchi bilan bo‘ladigan jangga qaratilgan va Meyvezer aynan shu bilan band bo‘ladi. Ular yaxshigina daromad qilgandan keyin esa amerikalik bokschi Xabib bilan “o‘yin”ga qaytishiga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Ko‘ramiz, voqealar rivojini qanday bo‘lar ekan?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!