
Mourinoning talabiga javob bermagan “10 yulduz”
Har bir murabbiyning o‘ziga xos bo‘lgan harakteri va prinsiplari bo‘ladi. Jumladan, mashxur murabbiy – Joze Mourinoning ham o‘ziga yarasha prinsiplari mavjud va hamma futbolchilar ham uning talabiga “javob” bera olmaydi. Quyida esa aynan, Mourinoga “to‘g‘ri kelmagan” futbolchilar top-10 ligi bilan tanishasiz.
APL hujumchilari bitta golni necha daqiqada kiritishadi?
Legionerlarimiz. Yurtdoshlarimizning dam olish kunlari bo‘lib o‘tgan o‘yinlari haqida
Xalqaro Chempionlar kubogi turniri haqida
Lyuk Shou("MYuda")
“Men uni Yang, Darmian yoki Blind bilan tenglashtirmagan bo‘lar edim. U yuqorida sanagan futbolchilardan saviya borasida ortda qoladi va ayni shu sababdan ham u xatto qaydnomaga ham kiritilayotgani yo‘q” – deb, aytib o‘tgan edi Joze angliyalik himoyachi haqida. Shouga og‘ir jarohatlar xalal berib kelmoqda. Albatta, u xali o‘z “so‘zini aytadi”. Ammo bu xodisa “MYu”da sodir bo‘ladimi yoki boshqa jamoada, bunisi noma’lum.
>>“Boka Xuniors”ning qimmatbaho sotuvlari
David Luiz("Chelsi"da)
“Ishonchim komil, David Luizsiz “Chelsi” yanada kuchli bo‘ladi”. Bu portugaliyalik murabbiyning braziliyalik himoyachi to‘g‘risida aytgan gaplari edi. Joze “Chelsi”ga qaytgach, dastlabki mavsum uni jamoadan ketqazmagan bo‘lsada, keyingi mavsum Luizni Parijga jo‘natib yuborgan edi.
>>“Sevilya”ning qimmatbaho sotuvlari
Xuan Mata(“MYu”da)
2012 xamda 2013 yillarda jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Mata Mourino kelgach, zahiraga “mixlandi”. Ispaniyalik himoyachi esa mavsum yarmida “MYu”ga “qochib ketadi”. Biroq, aytishadi-ku, buzoqning yugurgani somonxangacha, deb. Qolganini o‘zingiz tushungan bo‘lsangiz kerak.
>>Ishsiz yurgan top murabbiylar
Kevin De Bryuyne
“Mour”ning eng katta xatolaridan biri aynan De Bryuynedir. “Aristokratlar” safida asosiy tarkibga kira olmagach, Bundesligaga ketgan futbolchi nemis diyorida shu qadar yaxshi o‘ynadiki, “Manchester Siti” xotamtoylik qilib, uni katta summa evaziga uni o‘z jamoasiga qo‘shib oladi.
Iker Kasilyas
Jarohatdan qaytgan Kasilyasni ham zahiraga “mixlagan” Joze Ikerni Diego Lopesga raqobat qiladigan darajada emas deb aytib o‘tgan edi. Shundan so‘ng, “Real” futbolchilari va muxlislari ikkiga bo‘linishadi: Morino va Kasilyas tarafdorlariga.
>>“Real” akademiyasidan ham kuchli futbolchilar chiqadi
Romelu Lukaku
“Chelsi”da ishlab yurgan paytlari Mourino Lukakuga ham “javob” berib yuborgan edi. Uning futbolchi bilan aloqasi qanday ekanligini quyidagi faktdan ham bilsa bo‘ladi: “Chelsi” uni “Everton”ga qaytarib sotib olish huquqisiz sotgan.
Felipe Luis
Luisning Mourinoga nimasi yoqmagan bilmadik-u, ammo braziliyalik himoyachi Joze bilan uchrashguga qadar va undan so‘ng EChL finalida o‘ynashga ulgurdi. Xulosa esa o‘zingizdan.
>>“Tillari biyron” Pikedan o‘ziga xos iqtiboslar
Maksvell
Mourino Italiyaga kelgani xamonoq, asosiy tarkib futbolchisi Maksvellni boshlang‘ich tarkibdan tushurib qolgan edi. Natijada esa Maksvell faoliyatini “Barselona”da davom ettirgan edi.
Nuri Shaxin
“Borussiya Dortmund”da ikki ajoyib mavsumni o‘tkazgan Shaxinga Madriddagi faoliyatida jarohatlar pand bergan edi. Natijada, turkiyalik futbolchi o‘yin amaliyotisiz qolib ketdi va hozirgi Shouga o‘xshash vaziyatda jamoani tark etishga qaror qiladi.
Xuan Kuadrado
Kuadrado Mourino unga imkoniyat bermaganidan “noligan” edi. Hozirda “Yuventus”da to‘p surayotgan ekvadorlik futbolchi ham Mourinoning talablariga “javob bermagan”.
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- “Real”ning 7-raqam egalari
- Ahmedov Irismetovni quvib o‘tdi yoxud O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar