Abduxoliqov yangi asrning eng zo‘r legioner to‘purari bo‘lishi kutilmoqda!

  • 21 oktabr, 2022, 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus chempionati oliy ligasi har qachongidan qizg‘in ko‘rinish olgan. Bu mavsumda beshta jamoa – “Shaxtyor-Soligorsk”, “Energetik-BGU”,  “Dinamo-Minsk”, BATE va “Isloch” sovrinli o‘rinlar uchun kurashmoqda.

Tecno

Chempionat o‘yinlari yakunlanishiga to‘rt-beshtadan uchrashuv qolgan pallada oltin medal uchun asosan “Shaxtyor-Soligorsk”, “Energetik-BGU”, “Dinamo-Minsk” da’vogar va bu klublarning imkoniyati kattaroq baholanyapti.

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlarini Belarus chempionatida porlayotgan Bobur Abduxoliqovning yorqin o‘yini va yuqori ko‘rsatkichlari ko‘proq qiziqtiradi. “Nasaf” tarbiyalanuvchisi o‘z gollari bilan “Energetik-BGU”ni chempionlik poygasida ikkinchi o‘rinda ushlab turibdi.

20220502165032

Shu bilan birga, Bobur individual sovrinlar uchun ham kurashni davom ettirmoqda. 26-turda chempionat to‘purarlari poygasida hamyurtimizni ta’qib qilib kelayotgan “Minsk” hujumchisi Vladimir Xvashinskiy faoliyatida ilk bor poker qayd etib, oradagi farqni qisqartirgandi.

O‘Z navbatida, o‘zbek hujumchisi “Belshina” bilan bo‘lgan bellashuvda dubl qayd etib, jamoasiga g‘alaba keltirish barobarida Xvashinskiydan yana uzoqlashdi.

Boshi bilan ikkita gol urgan Bobur milliy chempionatdagi gollari sonini 23 taga etkazdi. “Minks” hujumchisi hisobidagi aniq zarbalar 17 tani tashkil qilmoqda. Keyingi o‘rinlarni band etgan “Nyoman” vakili Pavel Savitskiy hamda “Belshina” futbolchisi Ilya Vasilev hisobida to‘qqiztadan gol bor va ular to‘purarlik poygasidan chiqib ketganiga ancha bo‘ldi.

Bundan tashqari, Bobur Abduxoliqov Belarus chempionati tarixiga kirgan to‘purarlar bilan ham raqobatlashmoqda.

Hozircha, hamyurtimizning hisobida 23 ta gol bor. Chempionatning qolgan beshta o‘yinida Abduxoliqov yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilsa, 2007 yilgi chempionatda o‘z hisobiga 24 ta aniq zarba yozdirib qo‘ygan “Gomel” hujumchisi Roman Vasilyukka etib oladi.

Shuningdek, qolgan bahslarda ikki marta to‘p kiritishni uddalasa, legionerimiz 2001 yili ligada 25 ta gol muallifi bo‘lgan “Nyoman-Belkard”ning rossiyalik forvardi Sergey Davidov natijasini qaytaradi.

Bobur Abduxoliqov uchta gol urgan taqdirda Belarus chempionatining bir mavsumida eng ko‘p to‘p kiritgan xorijlik futbolchisiga aylanadi.

Demak, Boburni tarixiy natijadan atigi uchta gol ajratib turibdi. Biz 25 yoshli forvardimiz qolgan beshta bahsda bu ko‘rsatkichlarni zabt eta olishiga ishonamiz.

Shunga qaramay, Abduxoliqov Belarus oliy ligasida bir mavsumda eng ko‘p gol urish bo‘yicha mamlakat rekordini yangilashiga ishonish qiyin ekanini ta’kidlash adolatdan bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichni qayd etish uchun hamyurtimiz chempionatdagi gollari sonini 35 taga etkazishi kerak. Bu esa imkonsizdek ko‘rinmoqda.

489c5baacb008da3a2cf7be167970403

Amaldagi rekordchi Andrey Xlebosolov 1996 yilgi chempionatda “Belshina” tarkibida 34 ta to‘p kiritib, hozircha takrorlanmay turgan rekordni o‘rnatib qo‘ygan.

Shomurodov ketadi(mi?)...

 
 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Aliqulov v1.0 Bekzod
20/10/2022 11:23
Tóp bilan harakatlari juda zór, kuchliroq chempionatga ótishga uje tayyor bólibdi
SAMARIDDIN AMUR GPZ UZB
20/10/2022 08:08
Malades olga Bobir