
Ana xolos: Shomurodovga endi “sutchilar” homiylik qiladi!
“Kalyari” futbol klubi Sardiniyadagi eng yirik sut ishlab chiqarish kompaniyasi hisoblangan Assegnatari Associati Arborea korporativi bilan hamkorlikni davom ettiradigan bo‘ldi.
Bu kompaniya 2023-2024 yilgi mavsumda ham jamoaga homiylik qilishi kelishib olindi. Bu hamkorlik marketing strategiyasi talablariga to‘la javob berib, o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.
Ikki tomonlama yangi shartnoma imzolanishi sababi bilan Latte Arborea kooperativi direktorlar kengashi rahbariyati “Kalyari” qarorgohiga kelib, klub mutasaddilari, murabbiylar, futbolchilar, “Assemini” sport markazi xodimlari bilan uchrashdi, jamoaning mashg‘ulotlarini kuzatib bordi.
Hamkorlik kelishuviga ko‘ra, Arborea logotipi “Kalyari”ning rasmiy uchrashuvlarida futbolchilar libosiga joylashtiriladi. Bundan tashqari, bu logo tablo, intervyu zonalari va kuluarlarda ham qo‘yiladi.
Hamkor kompaniya futbol yordamida millionlab muxlislar xonadoniga kirib borib, o‘z brendini butun dunyoga tanitishni maqsad qilgani uchun ham “Kalyari” bilan do‘stona aloqalarni davom ettirishga qaror qilgan.
- “Kalyari” klubi va Latte Arborea kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik 2019 yili boshlangan va hoo‘irga kelib, Sardiniya mintaqasi ravnaqiga xizmat qilayotgan katta alyansga aylanib ulgurdi. Biz sportchilarning musobaqalashish ishtiyoqini, orolimizning rivojlantirish yo‘lidagi sodiq xizmatlarini qadrlaymiz, - dedi Associati Arborea koorporativi prezidenti Remidjio Seki.
- Bu hamkorlik brendimizni Italiya va xorijda yanada tanilishiga, Sardiniyadagi iste’molchilarimiz bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa o‘rnatish imkonini beradi, - dedi Associati Arborea kompaniyasi direktori Kristina Manka.
- Bunday katta kompaniyaning biz bilan hamkorlik qiligi bizga faxr va iftixor manbai bo‘lib xizmat qiladi. Bu faqatgina iqtisodiy hamkorlik bo‘lib qolmay, bir maqsad yo‘lidagi birdamlik namunasidir. Associati Arborea kompaniyasi bir necha yillardan beri klubni muntazam qo‘llab-quvvatlab kelyapti. Bu oldindagi vazifalarni bajarilishi va yangi g‘alabalarga ilhom olishimizda mustahkam tayanch nuqtasi bo‘ladi, - dedi “Kalyari” klubining ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar va biznes ishlari bo‘yicha direktori Stefano Melisa.
Eslatib o‘tamiz, “Kalyari” klubi o‘tgan mavsumda pley-off o‘yinlari orqali A Seriyada o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi.
Klaudio Raneri boshchiligidagi murabbiylar shtabi va futbolchilar oldiga jamoani yuqori divizionda olib qolish vazifasi qo‘yilgan.
Klub rahbariyati ana shu maqsadda o‘ndan ziyod transferlarni amalga oshirdi. Eldor Shomurodov ham hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun “Roma”dan bir mavsumga ijaraga olindi. Agar legionerimizning o‘yini va natijalari sardiniyaliklarga ma’qul kelsa, “Kalyari” kelasi yozda hujumchini 9 million evroga to‘liq transfer qilishi mumkin.
Husanov jamoasining Evropa Chempionlar ligasidagi eng katta kamchiligi ochildi!
“Kalyari”: Hujumda kim o‘ynasin? Shomurodovni tanlagan muxlislar nima dedi?
“Kalyari” tarkibni tubdan o‘zgartirdi: Shomurodov...
Shomurodovning sobiq ustozi Raneriga Eldordan foydalanish sirini ochdi!
Husanov ham bor! Evropa Chempionlar ligasi oldidan “Lans” himoyachisini tilga olishdi
Endi Shomurodovga yanada qiyin bo‘ladi, sababi...
Legionerimiz gol urdi
Legionerlarimizga aniq shart qo‘yildi
To‘rt futbolchimiz dunyoning eng qimmat ligalarida to‘p tepmoqda!
Fikrlar