Arveladze “Paxtakor”ga nima berdi? O‘zbek futboligachi? - Xayrulla Hamidovdan javob

  • 23 dekabr, 2020, 19:40
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Shota Arveladze "Paxtakor"ni tark etishi ko‘pchilik uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Ular qatorida taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov ham bor.

Xayrulla Hamidov SPORTS.uz sayti kuzatuvchilari uchun Shota Arveladze bilan bog‘liq savollarga javob berdi.

- Shota Arveladze “Paxtakor”ni tark etishi sizni qanchalik hayron qoldirdi? (Garchi shartnomasi yakunlangan bo‘lsa ham.)

- Shota Arveladze “Paxtakor”ni tark etishi borasidagi xabar boshqalar qatori meni ham hayron qoldirdi. Uning “sherlar” bilan shartnomasi tugashini bilardim. Lekin buni katta loyiha sifatida qabul qilgandim. Aynan gruziyalik mutaxassisning boshqa murabbiylardan farqi Toshkentda uzoqroq ishlaydi va yuksak natijalar qayd etish uchun kelgan, deb o‘ylardim. Biroq unday bo‘lib chiqmadi, hayratim cheksiz.

Shota Arveladze Alisher Usmonovga rahmat aytdi

xayrulla

Diyor Imomxo‘jaev "Paxtakor"ni tark etgan Shota Arveladze haqida fikr bildirdi

Arveladze o‘zbek futboliga bevaqt keldi. Ya’ni unga jiddiy baho berish uchun sal oldingi yillarda kelishi kerakmidi yoki raqobati bor paytlari tashrif buyurganida to‘liq baho berish imkoniyatimiz bo‘lar edi. Chunki u kelganda “Lokomotiv”ning quyoshi so‘nayotgandi, “Bunyodkor” moliyaviy inqirozga uchrayotgandi, “Nasaf” legionerlarni sotayotgan va akademiyadan chiqayotgan yangi, yosh futbolchilar bilan jon saqlashni boshlagan palla edi. Bunday hollarda chempionlikni qo‘lga kiritish Shota Arveladzening darajasini belgilab olishimizga kifoya qilmasdi. Faqatgina Arveladze o‘zbek futbolida nimadir qildi, deyishimizga milliy chempionatimizda emas, balki OChLdagi o‘yinlari bilan javob bergandek bo‘ldi. Har holda bu mavsum “Paxtakor” oxirgi yillar bilan taqqoslasak, musobaqada yomon qatnashmadi. Juda zo‘r ham, deya olmaymiz. Bunga har xil sabablar bor: koronavirus, OChLni bitta joyda o‘tkazilganligi, Shota Arveladzening o‘zi ham virusga chalingani, murabbiy sifatida o‘yinni boshqarib turmaganligi kabi ko‘plab omillar yig‘ilib, “Paxtakor”ning musobaqadagi ishtirokini yomon, deyishimizga imkoniyat bermaydi. Lekin juda yaxshi, deyishimizga natija biroz xalaqit beradi. Shu tomondan Arveladzening qolib ketgan ishi bor edi. U buni oxirigacha etkazib ketadi, deb o‘ylagan edik. Shunday bo‘lmagani ochig‘i, meni ajablantiryapti.

Shota Arveladze xayrlashuv maktubini yozdi. Uning muxlislar va futbol jamoatchiligiga aytgan oxirgi fikrlari

8491572533303

- Arveladze “Paxtakor”ga nima berdi? O‘zbek futboligachi?

- Bunga uning yuqorida aytganimdek, bevaqt kelgani bilan javob berishga qiynaladi odam. Sababi Luic Felipe Skolari yurtimizda ishlaganida, u o‘zbek futboliga ko‘p narsa berdi, deyishimizga asoslar etarli. Boisi “Bunyodkor” Toshkentning yana bir jamoasi “Paxtakor” bilan super derbi hosil qildi. Shu o‘yinlarning natijasi sifatida Odil Ahmedov va boshqa futbolchilar otilib chiqdi va terma jamoamiz uchun manfaat keltirdi. Lekin Shota Arveladzeda unday bo‘lmadi. Hozirgi kunda “Paxtakor”ga tenglashadigan biror bir jamoamiz bo‘lmaganligi uchun, o‘zi chiqqan futbolchilarni “sherlar” bemalol pulini berib, haqli ravishda sotib olganligi uchun O‘zbekiston terma jamoasi bo‘lib qoldi. Eng kuchli jamoa bo‘lgan holida Shota Arveladze faoliyat yuritgani bois biror narsa bera olmadi. Bu nafaqat O‘zbekistonda, balki boshqa davlatda bo‘lganida ham xuddi shunday rezonans berardi. Bunda uning aybi yo‘q, faqatgina noto‘g‘ri paytda kelib qolganligi yoki Arveladze paytida yana bir jamoa otilib chiqqanida ehtimol ularning o‘rtasidagi raqobat tufayli yaxshi bir iste’dodlar chiqishi mumkindek edi. To‘g‘ri, “Paxtakor”da bir qator futbolchilar kuchaydi. Jaloliddin Masharipov aynan Arveladze davrida yuqori formasiga chiqdi. Bularni inkor qilmaymiz. Ammo bu Shota Arveladzesiz bo‘lishi mumkin ishlar. Ya’ni, “Paxtakor” jamoasini mana shunday yig‘ib olinganida va uning o‘rniga istalgan murabbiyni qo‘yilganida “sherlar” O‘zbekistonda deyarli shu natijalarni qayd etardi va Masharipov bo‘lmasa boshqa o‘yinchilar raqobat bilan yuzaga chiqishi mumkin edi.

Xayrulla Hamidovning qolgan savollarga javoblarini quyidagi video orqali tinglashingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Mr Mz
26/12/2020 23:53
Arveladze òzbek mani fikrimcha hech narsa berolmadi. Keldi va birorta isdodni ommaga chiqarmadi va nasafning asosiy tarkibini olib òynadi. Vaxolangki uni Buxoro yoki Andijonga borjb natija kòrsatishini sòrasangiz hech narsa qilolmasdi. Paxtakor bizada kuchli sababi hakamlar yordami katta OChL ha deyarli hech qanday natijasi yòq sababi hakam bizadan bòlmaydi.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
23/12/2020 22:19
Shota Uzbek fudboliga hech narsa bermadi. keldi Kurdi Nasaf yaqqol kuchli. va uyin taraflama ham kuchli urganishi kerak bulgan jihatlari kup. Tuliq Nasaf uyinni uziga shaklanterdi eski Pahtakorni negizini tashkil qilgan uyinchilardan qutildi. Nasafni yoragini olib keldi. va Nasaf uyinchilari atrofiga uyin shakllanterdi va atrofidakilarni ham shularni uyin tushunchasini sinderni. lekin shunda ham har safar Nasafni oldiga kuchi etmadi. Sidiyalar yordomiga 2 marta yutdi. qarasa. Nasaf yana kuchaydi va yana qaqshatkich zarba edi. bu nimani anglatadi. Nasaf Pahtakorni kuchsizlegi kursatib quydi. OCHL ham kuchli kamandalarga qarshi ojiz qoldi. va bildiki hali beri sherga qolsa. OFK Evropaga ham obruyi tushib ketdi. Ruziqul Berdiev. SHotadan har taraflama kuchli. bu yil VAR CHiqsa Nasaf oldiga yana ojizlegini his qilib ketdi obruyi boriga. Nasaf Uzbek fudboliga kup narsa berdi. Olimpiski olgan medal ham aynan Nasafcha uyin va Nasaf yoragi Aziz Odil Atrofiga uyin tashkillashterildi. oddiy misol MTJ Aziz Odil. urtoqli uyinga tushdi. yorib yubordiki ikkalasi. qisqasi Ruziqul Berdiev. oldiga Shotaga non yuqlegini vaqtiga his qilib. ketdi.