“Barsa”da Messiga ziyon keltirmoqchi bo‘lganlar bor
“Monako”da to‘p surayotgan Sesk Fabregas “Barselona” hujumchisi Lionel Messi atrofida yuz berayotgan voqealarga o‘z munosabatini bildirdi.
- Shuncha yildan keyin Lionel Messidan yana nimalarni talab qilish mumkinligini bilmayman. Siz klub uchun ko‘p narsa berishingiz mumkin, lekin hamma oxiridagi narsalarni ko‘radi xolos. Men “Barselona”da Messiga ziyon etkazish payida yurganlarni ko‘rdim. Shunga qaramay, Leo klubda qolganiga undan minnatdorman. Balki hozir Messi o‘zini yolg‘iz his qilmayotgandir, lekin Suares uning klubdagi asosiy tayangan do‘sti edi, - deydi Fabregas.
Hozircha, Messi faoliyatini qaerda davom ettirishi ma’lum emas. Chunki, oldin “Barselona”ga yangi prezident saylanishi kerak. Bo‘lajak rahbarning birinchi vazifasi Messini qolishga ko‘ndirish bo‘ladi. Argentinalik hujumchini o‘ziga chorlayotgan jamoalar esa qishki transfer oynasi ochilishini kutmoqda.



Fikrlar