
“Barselona” zudlik bilan olinadigan futbolchilarning yangi ro‘yxatini e’lon qildi
“Barselona” qishki transferlar mavsumida tarkibini kuchaytirishga harakat qiladi. Kataloniyaliklarning tarkibini bir necha futbolchi tark etganiga qaramay, yozgi transferlar mavsumida ularning o‘rni to‘ldirilmadi.
Kataloniyaliklar moliyaviy imkoniyatdan kelib chiqib, erkin agent maqomida yurgan va transfer summasi katta bo‘lmagan futbolchilarga e’tibor qaratmoqda. Klub himoyani mustahkamlash uchun nishonda uch futbolchi turganini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, qishki transferlar vaqtida Ronald Kuman jamoasi “Chelsi”dan Antonio Ryudiger, “Arsenal”dan Shkodran Mustafi va “Liverpul”dan Joel Matipga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Angliya klublari asosiy tarkibga kirishga qiynalayotgan bu futbolchilarini qo‘yib yuborishga qarshi emas.
Fikrlar