Bir million evro! Legionerimiz jamoasining eng qimmat futbolchisi bo‘ldi!

  • 26.02.2023 18:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qozog‘iston Premer-ligasining yangi mavsumida o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari hamyurtlarimiz o‘ynayotgan ikkita jamoa – “Tobol” va “Ordabasi”ga muxlislik qiladigan bo‘lyapti.

“Tobol” jamoasi ikki mavsumdan beri chempionlik uchun kurashib kelmoqda. Igor Sergeev asosiy to‘purar hisoblangan ushbu klub futbolchilari 2021 yilgi chempionatni oltin medal bilan yakunlagan edi.

YsdlES2NUf8

O‘tgan mavsumda kustanayliklar chempionlik unvonini “Astana”ga boy berib, o‘zlari bronza medal bilan kifoyalandi. Bu yil ular yana chempionlik mavqeini qaytarib olmoqchi.

“Ordabasi”  ham yangi mavsumda chempionlikni ko‘zlayapti. Bu klub o‘nga yaqin yangi o‘yinchilar bilan kuchaytirildi. Kelganlarning aksariyati Qozog‘iston terma jamoasi a’zolaridir. Shuningdek, qishki transferlar davrida O‘zbekiston milliy terma jamoasining ikki hujumkor futbolchisini Shimkent jamoasi sharafini himoya qilishga ko‘ndirishdi.

Dastlab, bu klubda yarim mavsum ijarada o‘ynagan Shahboz Umarovni Belarus chempionati vakili BATE klubidan 50 ming evroga xarid qildi.

2022 yilgi Belarus chempionatining haqiqay qahramoniga aylangan Bobur Abduxoliqovning Shimkentga kelishi umuman kutilmagan voqea bo‘ldi. Mavsumda 26 ta gol urib, chempionat oliy liga to‘purari, Belarus chempionatlari tarixida eng ko‘p gol urgan legioner va liganing eng yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etilgan 25 yoshli hujumchi Evropaning kuchliroq ligalaridan biriga o‘tishi kutilgandi.

Lekin “Ordabasi” klubi rahbariyati hamyurtimizni o‘z loyihasining istiqboliga ishontirgan ko‘rinadi.

Bobur Abduxoliqov “Ordabasi”ning eng qimmatbaho futbolchisiga aylandi. Muvaffaqiyatli mavsumdan keyin uning transfer summasi bir million evroga ko‘tarilgan edi. Transferlarga ixtisoslashgan https://www.transfermarkt.world portalining reytingida keyingi o‘rinlarda ukrainalik markaziy himoyachi Sergey Maliy va jamoa sardori Asxat Tagibergen qayd etilgan. Har ikkisining narxi 750 ming evroga teng.

Jamoadagi yana bir legionerimiz Shahboz Umarov o‘tgan mavsumda BATEdagi mojarolar tufayli yarim mavsum futboldan chetda qolib ketgani sababli, uning narxi ancha pasaygan va bugungi kunda 400 ming evroni tashkil qilmoqda.

“Tobol” hujumchisi Igor Sergeev ham o‘z jamoasining eng qimmatbaho o‘yinchisidir. Aslida o‘tgan mavsumda legionerimizning transfer summasi 300 ming evroga pasayib,  bir million 400 ming evroga tushgan bo‘lsa-da, chempionatning eng qimmatbaho futbolchisi nomini saqlab qolgandi.

Yanvarda “Astana” klubi narxi 2,5 million evroga baholangan Dambo Darboni o‘zi safiga qo‘shib olganidan keyin Igor Sergeev bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi pog‘onaga tushib qoldi.

Bobur Abduxoliqov esa, umumiy reytingda to‘rtinchi pog‘onada qayd etilgan. Ikki hujumchimiz o‘rtasini “Astana”ning 1,2 million evroga baholangan legioneri Maks Ebong ajratib turibdi.

Bodulll

Ekspertlari Qozog‘iston Premer-ligasining yangi mavsumida chempionat to‘purarligi uchun kurash asosan Igor Sergeev, Bobur Abduxoliqov va Dembo Darbo o‘rtasida kechishini kutmoqda.

To‘purar legionerimiz mag‘lubiyatini tan oldi, lekin endi taslim bo‘lmaydi!

Oldinda muhim o‘yin! Shomurodovga asosiy tarkibda joy bormi?

Yangi bosh murabbiy Shomurodovga baho berdi

Yangi murabbiy Shomurodovni o‘ynatmaydimi?

Hujumchimiz sakkizta legioner bilan birga o‘ynaydi

Endi Shomurodovga boshqalar ustozlik qiladi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ibroximmm
27/02/2023 07:13
Бобир олга голеадор