Boks: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Kuba plyus, Rossiya minus!

  • 6 may, 2023, 23:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkent shahri ilk marotaba mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining oltinchi kungi bahslari boks olamida etakchi bo‘lgan mamlakatlarning aksariyat vakillari uchun muvaffaqiyatli bo‘ldi.

Tecno

Ta’kidlash joizki, ko‘plab muxlisu mutaxassislar e’tibori kuchli terma jamoalar – Qozog‘iston, Kuba, Rossiya va O‘zbekiston charm qo‘lqop ustalari janglariga qaratilgan. Musobaqaning oltinchi kunida bu mamlakatlar sharafini himoya qilayotgan bokschilarning aksariyat g‘alaba qozondi.

2729f4ae9fb693cfba11ae462d9aedb4

Sports.uz sayti aynan mana shu terma jamoalarining natijalarini tahlil qiladi.

Yon qo‘shnimiz – Qozog‘iston bokschilari o‘z muxlislarini xursand qildi. Qozoqlarning ikki vakili ringga ko‘tarildi. 67 kilogramm vazn toifasida ringga chiqqan Osiyo chempionati kumush medal sovrindori Dulat Bekbauov ruminiyalik Andrey Mustetani ochkolar hisobida engdi.

Og‘irligi 71 kilogramm bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari jangida Aslanbek Shimbergenov Trinidad va Tobagodan kelgan Aaron Prinsga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Olis Kubadan kelgan sportchilar ham o‘z muxlislarini xushnud qildi. 71 kilogramm vazn toifasida Xorxu Kuelyar Janubiy Afrika Respublikasi vakili Simnikive Bongkodan ustunligini ko‘rsatdi.

Ronel Iglesias 67 kilogramm vazn toifasida dominikanlik Jonni Fernandesni mag‘lubiyatga uchratdi.

Mashhur bokschilardan Lasaro Alvares o‘z vaznida (63,5 kilogramm) braziliyalik Yuri Falkao dos Reysni musobaqadagi yurishini to‘xtatdi. Kuba terma jamoasi 2021 yilgi jahon chempionatida medal jamg‘arish bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

2019 yilgi jahon chempionatida uchta oltin, bittadan kumush va bronza medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan O‘zbekiston terma jamoasi vakillaridan uch nafari Toshkentdagi musobaqaning oltinchi kunini g‘alaba bilan yakunladi.

63,5 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Ruslan Abdullaev chempionatdagi uchinchi jangini Mavrikiy vakili Richanro Kolinga qarshi o‘tkazib, raqibidan ustunligini isbotladi va yurishini davom ettiradigan bo‘ldi.

Og‘irligi 67 kilogramm bo‘lgan bokschilar o‘rtasida ilk bor ringga ko‘tarilgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev birinchi imtihondan muvaffaqiyatli o‘tdi. Iste’dodli sportchimiz Yaponiyadan kelgan Yuto Vakitini zarbalar bilan “siyladi”.

IMG_4885

Saidjamshid Ja’farov 71 kilogramm vazn toifasida meksikalik Marko Verde Alvares bilan to‘qnash keldi. Keskin va murosasiz bahsda g‘alaba qozongan hamyurtimiz jahon chempionatining keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Rossiya terma jamoasi vakillarida ikkita g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etdi. Tarxan Idigov 67 kilogrammli bokschilar jangida efiopiyalik Binyama Abebe Yelishoni, 71 kilogramm vazn toifasida Igor Sviridchenkov tailandlik Peerapat Yeasungneonni engdi.

Ruslarning uchinchi bokschisi – Gabil Mamedov (63,5 kilogramm) Tailanddan kelgan Xunatip Pidnuchuga yutqazib qo‘ydi va musobaqani tark etdi.

Yana Bahodir Jalolov haqida...

Bahodir Jalolov jahon chempionligi yo‘lida asosiy raqiblarini aytdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!