Fayzullaev katta maqsad sari qadam tashlayapti

  • 24 may, 2024, 19:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Abbosbek Fayzullaev yurtimizning eng iste’dodli futbolchilaridan. 20 yoshli futbolchimiz Rossiya Premer-ligasidagi debyut mavsumidayoq o‘z salohiyatini ko‘rsata oldi.

Fayzullaevning xalqaro miqyosdagi faoliyati ancha muvaffaqiyatli kechmoqda. 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempioni, musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi, jahon chempionati ishtirokchisi bo‘ldi.

23 yoshgacha terma jamoa safida Osiyo kubogida kumush medal va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasi sohibiga aylandi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida jahon chempionatiga chiqish uchun kurashni davom ettirmoqda.

Abbosbek jurnalistlar bilan suhbatda o‘z orzusi haqida ham gapirdi.

Sports.uz portali ushbu suhbatni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

— Rossiya terma jamoasi Osiyoga o‘tganida xursand bo‘larmiding?

— Ha, albatta! Jahon chempionati yoki Osiyo kubogi saralashida Rossiya bilan o‘ynash qiziqarli bo‘lardi. Ayniqsa, jamoadoshlarim Ivan Oblyakov va Fyodor Chalov bilan maydonda to‘qnash kelish qiziq bo‘lardi. Rossiya Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan bo‘lardi, - deb o‘ylayman.

— Moskvaga ko‘chib o‘tganingda qanday qiyinchiliklarga duch kelding?

— Qiyinchilik bo‘lmadi.

— Ola-a, umuman bo‘lmadimi?

— Faqat, oilamni sog‘indim. Lekin men Moskvaga kelguncha ham yaqinlarimdan uzoqda yashaganman, shuning uchun ko‘nikma bor edi. Qolaversa, Moskvada o‘zbek oshxonalari bor, o‘zbek do‘stlarim ko‘p. O‘zimnikilarni ham bu erga olib kelganman.

— Moskvadagi palov O‘zbekistondagichalik zo‘r emasmi?

— Yo‘q, bir xil. Tanishlarim palovni o‘zlarining choyxonasida damlaydi. Zo‘r chiqadi.

— Orzular qanday?

— O‘zbekiston terma jamoasi bilan jahon chempionatiga chiqish va TsSKA bilan chempion bo‘lishni istayman. Agar biz yaxshi tayyorgarlik ko‘rsak, ko‘p ishlasak, kelasi mavsumdayoq Rossiya chempioni bo‘lishga imkoniyatimiz etadi.

Abbosbek Fayzullaev O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida hozirgacha 15 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qilgan.

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi tarkibida esa, 14 ta bellashuvda o‘z hisobiga uchta gol yozdirib qo‘ydi.

Fayzullaev: Nimalar deyapmiz, hech qachon spirtli ichimlik ichmaganman!

Bu mag‘lubiyat Fayzullaev uchun alamli bo‘ldi

Fayzullaev kutilmagan "sinov"ni qanday engib o‘tdi?

Shomurodov bo‘yicha yangi muzokara bo‘ladi!

Fayzullaev bir pog‘ona ko‘tarildi

Legionerimiz Parijda chempion bo‘lmoqchi!

O‘zbekistonda tug‘ilgan futbolchi “Evro-2024”da ishtirok etadi

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!