
Fayzullaev nega TsSKAdan ketib qolayotganini aytdi
Rossiya Premer-ligasida mavsum kashfiyoti sifatida e’tirof etilgan Abbosbek Fayzullaevning faoliyatida o‘sish kuzatilmoqda. 20 yoshli futbolchimiz qisqa fursatda TsSKA va O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biriga aylanadi.
Bundan tashqari, Abbosbek Fayzullaev O‘zbekiston olimpiya terma jamoasida ham asosiy figuralardan hisoblanadi va Frantsiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qiladigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishi kutilmoqda.
Shu bilan birga kelasi mavsumda Fayzullaev TsSKA tarkibida ham jiddiy maqsadlar sari kurashishga bel bog‘lagan.
Legionerimiz jurnalistlar bilan suhbatda ana shular haqida gapirdi.
Sports.uz portali Abbosbek Fayzullaev intervyusini o‘zbekistonlik futbol muxlislari e’tiboriga havola etadi.
— Yozda Olimpiya o‘yinlariga borishing kerak. Bosh murabbiy bilan bu borada suhbatlashdingmi, yana jamoadan ketasanmi?
— Hali gaplashmadik.
— TsSKA muxlislariga aniqlik kiritib bersang, nega klubga foydang tegib turganida futbolchi sifatida boshqa joylarga ketishingga to‘g‘ri kelyapti?
— Olimpiada sportchilar uchun juda katta musobaqa va u hayotingizda bir martagina bo‘lishi mumkin. Biz tarixda ilk bor ushbu musobaqaga yo‘llanma olganimizdan baxtiyorman.
Men o‘tgan gal jamoadan ketganimda, federatsiya va klub o‘rtasida muloqot va kelishuv bo‘lgan. Agar bahorda klub meni yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogiga qo‘yib yubormaganida, xotirjam shu erda o‘ynab, jamoaga yordam bergan bo‘lardim. Men shunchaki ketib qoladiganlardan emasman.
— TsSKAning asosiy raqibi “Zenit”mi yoki “Spartak”?
— O‘tgan yillardagi vaziyatlar hisobiga “Spartak”, deb o‘ylayman. TsSKA va “Spartak” uchrashuvlari har doim superderbi hisoblanadi.
— “Zenit” yoki “Spartak”ga gol urishni tanla?
— Ikkalasiga ham gol uraman (kuladi).
— Moskvada senga nimalar yoqadi? Vaqtingni qanday o‘tkazasan?
— Moskva harorat issiq bo‘lganda yoqadi. Parklarda sayr qilishni xush ko‘raman. Bu erda yaxshi parklar bor. Ob-havo yaxshi bo‘lganida sayr qilaman, aks holda uyda o‘tiraman.
— Moskvaning uchta yaxshi jihatini sana...
— Go‘zallik, mehmondo‘stlik va stadionimiz.
Abbosbek Fayzullaev yakunlangan mavsumda Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogida jami 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga beshta gol kiritdi va jamoadoshlariga 14 marotaba golli pas uzatdi.
Ana xolos: TsSKA bosh murabbiyi Fayzullaev transferini hohlamagan ekan!
10 million evro Fayzullaev uchun kam! Yaxshigina xarajat qilishsin!
Fikrlar