
Fayzullaev TsSKAdan ketishi haqida gapirdi
Rossiya Premer-ligasi 26-turining eng keskin va murosasiz bellashuvlaridan biri “Spartak” va TsSKA o‘rtasidagi Moskva derbisi bo‘ldi.
Uchrashuvni safarda o‘tkazganiga qaramay, raqib ustida 2:1 hisobida zafar quchgan “armiyachilar” musobaqa jadvalida “Spartak”ni ortda qoldirib, uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Ushbu bahsda ilk daqiqadan maydonga tushib, 72 daqiqa davomida o‘ynagan Abbosbek Fayzullaev jurnalistlar bilan suhbatda muxlislarni qiziqtirgan masalalarga oydinlik kiritdi.
Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga Abbosbek Fayzullaevning fikrlarini havola etadi.
Derbi haqida
“Spartak” bilan o‘yin mamlakatning eng qiziqarli derbisi hisoblanadi. Shuning uchun ham bu o‘yinlarning keskin o‘tishi, sariq kartochkalar ko‘p bo‘lishi odatiy hol. Ba’zan futbolda ko‘p fol qilgan jamoa ham yutadi, deb o‘ylayman.
Penaltiga tortadigan vaziyatlarni kiyim almashtirish xonasida qayta ko‘rib chiqdi. Ikkinchi vaziyatda raqib hujumchisi bizning futbolchini turtib yubordi va shu bois, jamoadoshimizda qo‘lini to‘pdan olib qochish imkoni qolmadi.
Negaligini bilmadimu, hakamlar buni penalti deb belgiladi, biroq biz oxir-oqibat g‘alaba qozonganimizdan xursandman. Biz uchun eng muhimi g‘alaba qozonish.
Jamoadoshining debyuti haqida
Albatta, Jamoliddin Abdulqodirovni asosiy tarkibdagi birinchi o‘yini bilan qutlab, uni qo‘llab-quvvatladik.
Debyut uchrashuvidayoq bunaqa derbida maydonga tushish oson emas. Lekin u hammasini yaxshi uddaladi. Kelajakda ham hammasi yaxshi bo‘lishiga umid qilamiz.
(2005 yilda tug‘ilgan himoyachi Jamoliddin Abdulqodirov “Spartak”ga qarshi o‘yinda TsSKAning asosiy jamoasida birinchi o‘yinini o‘tkazdi – Sports.uz)
Yangi o‘yin sxemasidagi qiyinchiliklar haqida
Bosh murabbiy Marko Nikolichnig yangi o‘yin uslubi va meni qo‘ygan pozitsiyasiga ko‘nikib olishga harakat qilyapman.
Bu men uchun yangi pozitsiya va shuning uchun ham ba’zan o‘yinlarim avvalgi joyimdagi harakatlarim kabi yorqin chiqmayotgandir. Lekin men imkon qadar harakat qilyapman.
Pyanich haqida
Miralem Pyanich biz uchun maydonda ham, undan tashqarida ham muhim o‘yinchi. Chunki u har doim hammani qo‘llab-quvvatlash, boy tajribasi bilan o‘rtoqlashishi mumkin. Maydonda ham juda yaxshi o‘ynayapti.
TsSKAda ketishi to‘g‘risidagi xabarlar haqida
Jamoadam ketishim haqidagi xabarlarga munosabatim qanday va bu borada nima deyman? Hozir men uchun chempionatning oldindagi to‘rtta o‘yini muhimroq. Bundan tashqari, TsSKA bilan Rossiya kubogini qo‘lga kiritib, O‘zbekiston terma jamoasi safida jahon chempionatiga chiqishni xohlayman. Hozir bor o‘y-xayolim shularga qaratilgan.
“Spartak” ustidan qozonilgan g‘alaba haqida
Men bizlarni maydonga kelib qo‘llab-quvvatlagan, televizor orqali muxlislik qilgan ishqibozlarimizga minnatdorlik bildiraman. Bu muhim g‘alabani aynan ularga bag‘ishlayman. G‘olib chiqish juda qiyin bo‘ldi.
Uchrashuv boshlangunga qadar, har ikki jamoa ham o‘yin og‘ir o‘tishini oldindan bilardi. Chunki bu bahsning ahamiyati o‘ta yuqori edi va har bir qarich maydon uchun kurashdik. Bunaqa o‘yinda zafar quchganimizdan mamnunman.
Qolaversa, aynan “Spartak”ni ortda qoldirib, musobaqa jadvalida kuchli uchlikka kirib olganimiz o‘n baravar yoqimli bo‘ldi. Oldimizda to‘rtta uchrashuv qoldi va biz ularning barchasida g‘alaba qozonishni istaymiz.
Fayzullaev, senga Evropadan aniq taklif bormi? Abbos javob berdi
“Qiyqiriq moda”da o‘ynagan Shomurodovning assisti qanday baholandi?
Husanovga qaysi jamoa mos: “Real”, “Atletiko” yoki “Yuve”?
Shomurodov “Inter”ga ziyon keltirgan!
Fayzullaev nega yaxshi o‘ynolmayapti?
TsSKA Fayzullaevga narx belgiladi! Transfer yaqinmi?
Shomurodov Dovbikni “sindirdi”!
Fayzullaev “yo‘qolib” qoldi!
Shomurodov bir gol bilan “Roma”ning mavsum rekordini o‘rnatdi. Navbat tarixiy rekordga!
Fikrlar