Husanov, “Siti” bu “Lans” emas! Abduqodirning o‘yiniga munosabat...

  • 26 yanvar, 15:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasidagi birinchi va hozircha yagona o‘zbek futbolchisi Abduqodir Husanov “Manchester Siti”dagi debyut uchrashuvini o‘tkazdi.

Tecno

Mashur “Etixad” arenasida “Chelsi”ga qarshi uchrashuvda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan 20 yoshli legionerimiz katta bosimga duch keldi. Oqibatda, o‘yinning dastlabki besh daqiqasi Abduqodir uchun juda qiyin kechdi.

Hamyurtimiz raqibning yagona goliga sababchi bo‘ldi, qo‘polligi uchun ogohlantirildi, to‘p uzatishda xatolarga yo‘l qo‘ydi. Lekin qisqa fursatda o‘zini o‘nglab oldi.

Abduqodir Husanov debyutiga O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi Ja’far Irismetov munosabat bildirdi.

- Debyut sal o‘xshamadi. Husanovga dastlaki xato ta’sir qilgani darrov ko‘rinib qoldi.

Xosep Gvardiola xatodan keyin uni darrov maydondan olib tashlamadi va tanaffusdan keyin ham bir necha daqiqa o‘ynatdi. U shuning uchun ham Gvardiola.

Husanov xatodan keyin biroz o‘zini yo‘qotib qo‘ydi, lekin o‘ziga kela oldi. Bunaqa bosim ostida o‘ynash juda qiyin, chunki “Manchester Siti” bu “Lans” emas.

Tavakkal o‘zini oqladimi? Xosep Gvardiola nima qilayotganini biladi. Balki u boshqa variant va tanlov imkoniyati bo‘lmagani uchun ham Husanovni juda erta maydonga tushirgandir.

Bundan tashqari, bunaqa katta summaga o‘yinchi olganidan keyin seni nimalar kutayotganini bilasan.

Bu holat Husanovni sindirib qo‘yadi, deb o‘ylamayman, Abduqodir yosh va kuchli o‘yinchi, oldinda hali uchrashuvlar ko‘p, ana o‘sha bahslarda u yana o‘zini ko‘rsata oladi.

Biz unga ishonamiz, butun O‘zbekiston ishonadi, barchamiz uni qo‘llab-quvvatlab turamiz, - deydi Ja’far Irismetov.

Eslatib o‘tamiz, 20 yoshli Abduqodir Husanov “Lans”dan “Manchester Siti”ga 20 yanvar kuni transfer qilindi.

Markaziy himoyachi uchun “shaharliklar”  40 million evro badal puli va 10 million evro bonus to‘lashga rozi bo‘lgan. Jami 50 million evrolik savdo “Lans” tarixida eng qimmat transfer ekani qayd etildi.

Abduqodirning o‘zi klub bilan 4,5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Tomonlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra hamkorlikni yana bir mavsum uzaytirishi mumkin ekanligi bitimda belgilab qo‘yilgan.

Husanov futboldagi dastlabki sabog‘ini “Bunyodkor” jamoasi akademiyasida olgan. Keyinchalik Belarusning “Energetik—BGU” jamoasiga yo‘l olib, professional faoliyatini aynan o‘sha erda boshladi.

Bir yildan keyin, ya’ni 2023 yilning yozida Frantsiyaning o‘sha paytdagi vitse-chempioni legionerimizni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Abduqodir Husanov Belarusdan Angliyagacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tishi uchun klublar miqyosida jami 68 ta o‘yin kifoya qildi xolos. Hamyurtimiz “Siti”dagi debyutiga qadar “Energetik-BGU”da 37 ta, “Lans”da esa 31 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Husanovga antirekord uchun to‘rt daqiqa kifoya qildi, lekin...

Hujumkor legionerimiz Premer-ligadan yangi jamoa topdi

Husanovda bizda yo‘q sifatlar bor! Gvardiola Abduqodirning qaysi kuchli tomonlarini sanab o‘tdi?

“Liverpul” afsonasi Husanov transferiga qanday baho berdi?

Shomurodov jamoasida oxirgi imkon qoldi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!