
Husanov bormi? Gvardiola kimlar o‘ynamasligini aytdi
Evropaning top-ligalari jamoalari xalqaro tanaffusdan keyin yana chempionat o‘yinlariga kirishmoqda. Angliya Premer-ligasida to‘rtinchi turning eng qiziqarli to‘qnashuvlaridan biri Manchester derbisida kuzatilishi kutilyapti.
Uchrashuvga mezbonlik qiladigan “Manchester Siti” jarohatlar bilan bog‘liq muammoga duch keldi. “Manchester Yunayted”ga qarshi uchrashuv oldidan Xosep Gvardiola jamoasida jami 13 nafar futbolchi shikastlangani ma’lum bo‘ldi.
So‘nggi xabarlarga qaraganda, sakkiz nafar o‘yinchi, xususan, “Brayton” bilan o‘yinda jarohat olib, O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘iniga kelmagan Abduqodir Husanov ham davolanishiga to‘g‘ri keldi.
Xosep Gvardiola “Manchester Yunayted” bilan bo‘ladigan bahsda qaysi futbolchilar jamoaga yordam berolmasligini aytib o‘tdi.
- Umar Marmush Misr terma jamoasidan jarohat bilan qaytdi. Rayan Ayt-Nuri va Rayan Sherki ham oldimizdagi uchrashuvda qatnashmaydi. Markaziy himoyachi Jon Stounzning ham maydonga tushmaslik ehtimoli katta, lekin uning jarohati u qadar jiddiy emas.
Qolganlarning hammasi sog‘-salomat.
Marmush masalasida tibbiy tekshiruvlar natijasini kutishimizga to‘g‘ri keladi. O‘ylashimcha, uning to‘liq tiklanishi uchun bir necha hafta kerak bo‘ladi. Keyingi xalqaro tanaffusgacha Marmush maydonga qaytadi, - dedi Xosep Gvardiola.
Gvardiola Arne Slotga “zarba” berdi
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” yozgi transferlar oynasining oxirida “Nyukasl”dan Aleksandr Isaakni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni uddaladi. Bu transfer liverpulliklarga 144 million evroga tushdi.
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot yangi shogirdini jahondagi eng zo‘r hujumchi ekanini ta’kidladi.
Jurnalistlar bu masalada Xosep Gvardiolaning fikrini ham o‘rgandi.
- Isaak bilan solishtirganda men Erling Xolandni qaysi o‘ringa qo‘yaman? Tabiiyki, biroz yuqoriroqqa.
Aleksandr Isaak – ajoyib futbolchi. Unga sarflangan mablag‘ summasidan kelib chiqsak, “top-o‘yinchi”.
Lekin boshqa birortasi eng zo‘r deb Kilian Mbappe, Lionel Messi yoki Krishtianu Ronalduni aytgan bo‘lardi. Men esa, Xolandni hech kimga almashtirmayman. Menga u hammadan ko‘ra ko‘proq yoqadi, - dedi Xosep Gvardiola.
Donnarummaning qachon debyut qilishi aniq bo‘ldi
“Manchester Siti” yangi mavsumda yangi darvozabonlar xizmatidan foydalanadigan bo‘ldi. Xosep Gvardiola jamoasiga klub tarbiyalanuvchisi Jeyms Trafford va jahon futbolining eng kuchli darvozabonlaridan hisoblangan Janluiji Donnarummani qo‘shib oldi.
PSJ bilan xayrlashgan va manchesterliklar safiga oxiri kelib qo‘shilgan italiyalik golkiper darrov tayyorgarlik mashg‘ulotlarini boshlab yubordi.
Xlsep Gvardiola 14 sentyabrga belgilangan Manchester derbisida darvozani aynan Janluiji Donnarummaga topshirishni rejalashtirayotgani oshkor bo‘ldi.
Parij klubidan 30 million evroga transfer qilingan Donnarumma “shaharliklar” bilan 2030 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston kutilmaganda jahon chempionati favoritlari ro‘yxatiga kiritildi, faqat...
Kutib oling, Husanov keldi!
EChL oldidan Husanov va 12 futbolchi “xavf” ostida!
Husanovni tanqid qilishdi: “O‘ylamay o‘ynayapti!”
Husanovda ayb yo‘q! Abduqodirning o‘yini qanday baholandi?
Fikrlar