Husanovni qanday qilib qo‘ldan chiqarish mumkin?!

  • 28 mart, 05:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatiga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lib turibdi. Mintaqaviy saralash turnirining uchinchi bosqichi yakunlanishiga ikki tur qolgan pallada terma jamoamiz kelajagi o‘yinchilarimizning o‘z qo‘lida.

Tecno

Bu bosqichda futbolchilarimiz sakkizta uchrashuvda 17 ochko jamg‘ardi va guruhda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Musobaqa qoidasiga ko‘ra, guruhda dastlabki ikki pog‘onani egallagan terma jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri jahon chempionatiga yo‘l oladi. Keyingi ikkita terma jamoa saralash bellashuvlarini davom ettiradi.

Hozirgi g‘olatda guruh peshqadami Eron yo‘llanmani naqd qilib bo‘ldi. O‘zbekiston eng yaqin ta’qibchisi Birlashgan Arab Amirliklarini to‘rt ochkoga ortda qoldirmoqda. Qatar ikkinchi o‘ringa da’vogarlik qila olmaydigan bo‘ldi.

AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan mudialga yo‘l olish uchun futbolchilarimiz keyingi uchrashuvda Birlashgan Arab Amirliklarida yutqazmasa bo‘ldi. Natija salbiy bo‘lgan taqdirda ham so‘nggi turda Toshkentda Qatarni engib, maqsadga erishish imkoni bor.

O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatida o‘ynashiga ishonayotganlar ko‘p. Xususan, Rossiya futboli tarixidagi eng zo‘r murabbiylardan biri Yuriy Syomin bu masala bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi.

- O‘zbekistonning jahon chempionatiga chiqishga yaqin turganiga munosabatim juda yaxshi. Chunki u erda bizning do‘stlarimiz bor. Bu mamlakat bizga yaqin. Ularga ofarin, jahon chempionatiga deyarli chiqib bo‘ldi, gruzinlar ham yo‘llanma olsa kerak. Ular qatoriga yana kimlardir qo‘shilishi mumkin.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi haqida nima deya olaman? To‘g‘risi, O‘zbekiston jamoasini yaxshi bilmayman, bilganim –  ularda Abbosbek Fayzullaev o‘ynaydi. Biz nazardan qochirgan Abduqodir Husanov borligini bilaman.

Rossiya jamoalaridan birorta mutaxassis Belarusda Husanovdek iqtidorli o‘yinchi o‘ynab yurganini aytmagani qio‘iq. Juda tushunarsiz holat. Angliya klublari nazariga tushgan o‘yinchini qanday qilib, sezmay qolish mumkin?

Eldor Shomurodov esa, Italiyada o‘ynayapti. Qarang, O‘zbekistonning qancha o‘yinchisi yaxshi jamoalarda to‘p tepmoqda.

Shuning uchun ham bu terma jamoa jahon chempionatiga chiqishga loyiq. Bu meni hayratga solgani yo‘q, - dedi Yuriy Syomin “VseProSport” nashriga bergan intervyusida.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati yo‘llanmasi masalasini iyun oyidagi FIFA kunlarida hal qiladi. Hamyurtlarimiz 5 iyun kuni safarda asosiy ta’qibchi – Birlashgan Arab Amirliklari mehmoni bo‘ladi.

Uchinchi saralash bosqichini Timur Kapadze shogirdlari 10 iyun kuni Toshkentda Qatar terma jamoasini qabul qilish orqali yakunlaydi.

Bosh murabbiyning fikri o‘zbek va qozoq muxlislarini jumbushga keltirdi!

Gollar besamar ketmaydi: Fayzullaevni mashhur klub olmoqchi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!