Husanovning hissasi bor! Gvardiola nega klubdan ketmasligini aytdi

  • 20.12.2025 11:32
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti”ni 2016 yildan beri boshqarib kelayotgan Xosep Gvardiolaning klubdagi kelajagi keyingi paytda juda ko‘p muhokama qilinmoqda. Garchi hozirgacha bildirilgan taxminlar va qilingan tahlillarning birortasi o‘zini oqlamagan bo‘lsa-da, Britaniya matbuoti ispaniyalik mutaxassisni ketishi va uning o‘rnini kim egallashi haqida ko‘p yozadi.

Xususan, keyingi bu boradagi so‘nggi ma’lumotlar Xosep Gvardiolaning kelasi yoz klubni tark etishi va bosh murabbiylik kursisini ayni paytda “Chelsi”ni boshqarayotgan Entso Mareska egallashi haqida bo‘ldi.

Tabiiyki bu gaplar Pepning qulog‘iga ham etib bordi. Bu mavsum jamoa ishtirok etayotgan barcha turnirlarda shogirdlarini bosh sovrin uchun kurashishini ta’minlab kelayotgan Gvardiola o‘zi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

- Oxirgi uch-to‘rt yilda ketishim haqidagi savollarni juda ko‘p berishadi. Etami, kechmi, balki 75-76 yoshimdadir, baribir “Manchester Siti”dan ketaman. Bu masala nega ko‘tarilayotgani mohiyatiniya juda yaxshi tushunib turibman, lekin mening shartnoma bo‘yicha klubda 18 oy vaqtim bor va men bundan juda xursandman.

Har mavsum ketishim haqidagi savollarning ko‘tarilishi meni qoniqtiradi ham. Nima sodir bo‘lishi kerak bo‘lsa, oxirida shu narsa yuz beradi. Klub hamma narsaga tayyor turishi kerak. Ammo hozir bu masala muhokama qilinayotgani yo‘q. Mening shartnomam yarim yil bo‘ladimi yoki 10 yilga cho‘ziladimi futbol tez o‘zgarayotganini inobatga olish kerak.

Meni yangi xodimlar va yangi o‘yinchilar ilhomlantiradi, ular menga ishtiyoq bag‘ishlaydi. Agar men bir xil odamlar bilan o‘n yil ishlasam, ulardan zerikkan bo‘lardim. Bu muddat ichida ular mendan qanchaar to‘yib ketishini esa, siz tasavvur qilolmaysiz.

Tarkibimizga Abduqodir Husanov, Vitor Reys, Klaudio Echeverri, Umar Marmush, Rayan Ayt-Nuri, Niko Gonsales va boshqa yangi iqtidorlar qo‘shildi. Men ularning moslashishiga, jamoaga kirishib ketishiga, yanada kuchliroq futbolchi bo‘lishiga yordam berishim kerakligini his qilaman.

Biz ilgari amalga oshirgan ishlarimizdan boshqacharoq ishlayapmiz. Agar shu paytgacha taktikamiz va tarkibimiz o‘zgarmay, bir xil turganida men nima bo‘lsa ham bu jamoada o‘n yil ushlanib qolmas edim, - dedi Xosep Gvardiola.

54 yoshli mutaxassis murabbiylik faoliyatini “Barselona”da boshlagan. 2008-2012 yillar davomida kataloniyaliklar bilan birga bir necha bor Ispaniya chempionligi, kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Evropa Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ikki martadan g‘olib chiqqan.

Keyin Germaniya grandi “Bavariya”ni qabul qilib olib, uch yil davomida myunxenliklarni uch karra Bundesliga chempioni, mamlakat kubogi va  Superkubogi egasiga aylantirdi. Evropa Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham g‘olib chiqdi.

2016 yili “Manchester Siti”ga kelgan Xosep Gvardiolaning natijalari esa, “shaharliklar”ning bir asrdan oshgan tarixida eng samarali davr bo‘ldi. Hozircha, Pepning bu jamoada qo‘lga kiritgan sovrinlari umumiy hisobda 18 tani tashkil qiladi. “Manchester Siti” uning boshqaruvida klublar miqyosidagi barcha nufuzli turnirlarda bosh sovrin sohibiga aylangan.

Abduqodir Husanovning “Lans”dan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tishda hissasi katta bo‘lgan Xosep Gvardiolaning  klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom ettirishi belgilangan.

Joyini Nuneshdan qaytib olgan Husanovning o‘yini qanday baholandi?

O‘zbekiston jahon chempionatida qaergacha etib boradi?

Gvardiola Husanovni tanqid qilgan murabbiyni “razbor”ga chaqirdi

Husanovning eng kuchli to‘rt jihati aytildi

Ekspertlar qo‘pol o‘ynagan Husanovning harakatlarini qanday baholadi?

Nihoyat, Husanovni maydonda ko‘ramiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!