Husanovning o‘yinini ekspertlar qanday baholadi?
“Manchester Siti” Evropa Chempionlar ligasining umumiy bosqichini muvaffaqiyatli boshladi. Xosep Gvardiola shogirdlari dastlabki turda Italiya chempioni “Napoli”ga ro‘baro‘ keldi.
Umuman olganda, uchrashuv mezbonlarning ustunligida o‘tdi. O‘yindagi ustunlik ikkinchi bo‘limda hisobga ko‘chdi. 56-daqiqada Erling Xoland neapolliklar darvozasini ishg‘ol qildi. Bu gol norvegiyalik hujumchi nomini tarixga yozdi.
Xoland Chempionlar ligasidagi 49-uchrashuvida o‘zining 50-golini kiritdi. “Ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli tarixida Erling 50 ta gol urish uchun eng kam o‘yin o‘tkazgan futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi.
Oradan to‘qqiz daqiqa o‘tib, Jeremi Doku jamoasining ikkinchi to‘pini kiritdi va g‘alabani mustahkamladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov uchrashuvda to‘liq o‘ynadi.
Nufuzli manba – cityxtra.co.uk sayti ekspertlari “Manchester Siti” futbolchilari o‘yinini quyidagicha baholadi.
Janluiji Donnarumma – 7:
Uchrashuv davomida jiddiy sinovlarga duch kelgani yo‘q. Biroq zarbalarni bartaraf etishda mahoratini ko‘rsatishiga to‘g‘ri keli.
Abduqodir Husanov – 7.5:
O‘ng qanotda juda ishonchli o‘yin namoyish qilishni davom ettirmoqda. Bu gal himoyada ishi ko‘p bo‘lgani yo‘q, to‘pni ishonch bilan nazorat qilishda o‘zini ko‘rsatdi. Himoyalanishdan tashqari imkoniyat paydo bo‘lganda hujumlarga faol qo‘shilib turdi.
Ruben Dias – 7.5:
“Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Rasmus Xyoylundga “Napoli” tarkibida o‘zini ko‘rsatishi uchun umuman imkoniyat bermadi.
Yoshko Gvardiol – 7:
Raqiblar Gvardiolni ham bezovta qila olgani yo‘q. Himoyada ishi qolmagach, hujumga yordam berishga harakat qildi.
Niko O’Reyli – 7:
Boshqa himoyachilar kabi Niko ham o‘z hududida hech qanday qiyinchilikka duch kelgani yo‘q. To‘pni nazorat qilishda yaxshi o‘ynadi. Hujumlarga qo‘shilib turdi.
Rodri – 7.5:
Manchester derbisidan farqli ravishda bu gal juda yaxshi o‘ynadi. O‘yin tempini aynan Rodri belgilab berdi va o‘yinga ta’sir o‘tkazib turdi.
Tijani Reynders – 7.5:
Raqib jarima maydonchasi atrofida faollik ko‘rsatdi, Dokuga golli pas uzatdi.
Fil Foden – 8.5:
Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi. Mavsumdagi xatolarini to‘g‘rilab, yana jamoa etakchisiga aylanmoqda. Raqib jarima maydonchasi atrofidagi barcha xavfli hududlarda o‘ynadi, xavfli vaziyatlar yaratdi.
Bernardo Silva – 7.5:
To‘pga egalik qilishni nazorat qildi, o‘ngda va markazda faollik ko‘rsatdi, jamoasining ustunligini ushlab turdi.
Erling Xoland – 7.5
To‘p nazoratiga deyarli ta’sir ko‘rsatmadi, biroq raqib sardori Di Lorentsoning maydondan chetlatilishiga sababchi bo‘ldi va gol urib rekord o‘rnatdi.
Jeremi Doku – 8:
Uni to‘xtatib bo‘lmay qoldi. Chap qanotdan uyushtirgan bir necha hujumlari samarasiz ketganiga qaramay, gol urishni uddaladi.
Niko Gonsales – 6.5:
Zaxiradan maydonga tushib, o‘yinga juda tez qo‘shilib ketdi. Aqni paslari bilan ajralib turdi.
Savio – 6:
Bir necha daqiqaga o‘ynaganiga qaramay, raqiblarni aldab o‘tishda sustroq harakat kildi. O‘yin tempiga moslashib ketolmadi.
Endi “Manchester Siti” futbolchilari Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqich ikkinchi turini 1 oktyabr kuni Frantsiyada “Monako”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar