
Ispaniyada tayinli hujumchi chiqmaganmi yoxud “qizil furiya” tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
Kecha JCh-2018 saralashi doirasida Ispaniya termasi o‘z maydonida Isroil termasini qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi. E’tiborlisi, uchrashuvda hisobni ochgan David Silva terma jamoa safida o‘zining 29-golini kiritdi va bu borada 4-o‘rinda kelayotgan sobiq himoyachi Fernando Erro bilan tenglashib oldi. Biz esa shu munosabat bilan sizlarni “qizil furiya” safida eng ko‘p gol kiritgan 5 futbolchi bilan tanishtirishga qaror qildik.
>>Gol urishni “Chicharito”dan o‘rganing yoxud Meksika termasi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar
>>O‘zbekiston – Qatar uchrashuviga oid faktlar va statistikalar
>>Futbol tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan 18 futbolchi
4-5. David Silva – 29 ta gol
2006 yildan buyon terma jamoadan muntazam joy egallab kelayotgan David Silva “qizil furiya” safida 110 ta o‘yin o‘tkazishga ulgurdi. Ikki marta qit`a va bir marta Jahon chempioni bo‘lgan Silva hisobida hozircha 29 ta gol mavjud. U endi 31 yoshga to‘lganini inobatga oladigan bo‘lsak, gollarining salmog‘i oshishiga shubha qilmasa ham bo‘ladi.
>>Podolskini eslab… Germaniya termasi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar
4-5. Fernando Yerro – 29
1989 yildan 2002 yilgacha terma jamoada faoliyat yuritgan Yerro 13 yillik mamlakat bosh jamoasidagi faoliyatida 29 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etishning uddasidan chiqadi. Buncha gol kiritish uchun esa sobiq himoyachiga 89 ta o‘yin kifoya qilgan.
>> O‘z an’anasiga sodiq murabbiy
3. Fernando Torres – 38
2003 yilda terma jamoada debyut qilgan Torres hisobida 38 ta gol mavjud. “El Nino” Taiti darvozasiga “poker” qilgani ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak. Torres ham ikki bor Evropa va bir marta Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.
>> Terma jamoada eng ko‘p gol kiritgan 10 futbolchi
2. Raul – 44
Raul aslida bu borada birinchi o‘rinda turar edi. Ammo 2010 yilda David Vilya “Real” afsonasining rekordini yangilagan edi. Terma jamoa gvardiyachilari orasida 10-o‘rinda zikr etiladigan Raul to‘purarlikda ikkinchi o‘rinni hozircha hech kimg berganicha yo‘q.
>> MLSda o‘ynagan jahon chempionlari
1. David Vilya – 59
Yuqorida ta’kidlaganimiz, Vilya 2010 yilda Raulning rekordini yo‘qqa chiqaradi. Qizig‘i, Vilya o‘zi, 2006 yilda debyut qilgan edi, xolos. Raul 10 yilda qo‘ygan rekordni 4 yilda “qulatgani”dan so‘ng, uning mahoratiga shubha bilan qaraydiganlar “tillarini” tishlashgan edi.
>>“Real” Ronaldusiz nechta sovrin yutishi mumkin edi?
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- So‘nggi daqiqalar talvasasi
- Mashxur futbol muxlislari. DJ Pilligrimdan Sevara Nazarxongacha...
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar