Jahon chempioni g‘alabadan so‘ng Bektemir Meliqo‘zievga murojaat qildi!

  • 24 aprel, 2023, 18:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bektemir Meliqo‘ziev AQShning Las-Vegas shahridagi T-Mobile Arena majmuasida o‘tkazilgan nufuzli boks kechasida professional faoliyatidagi yagona mag‘lubiyatiga sababchi bo‘lgan Gabriel Rosado bilan jang qildi.

Bu ikki bokschi ilk bor 2021 yili to‘qnash kelgan bo‘lib, jangda hamyurtimiz ustunlik qilganiga qaramay, uchinchi raundda kutilmagan zarbani o‘tkazib yuborib, nokaut holatiga tushib qolgan edi.

31fdfe54a1911f0580163cad2ba292c7

Bektemir o‘shandan beri revansh jangini kutib kelardi. Ikkinchi to‘qnashuvdan oldin 26 yoshli bokschimiz buni yana bir bor ta’kidladi.

- Men bu revansh jangini tashkil qilishni so‘rab kelardim va maqsadimge etdim. Hozir eng muhimi shu. O‘tgan ish o‘tib bo‘ldi, bu boks. Ko‘p gapirmayman, hammasini ringda ko‘rasizlar. Bu gal xato qilmayman, - dedi Bektemir jangdan oldin.

Amerikalik bokschi ham o‘ziga ishonchi yuqoriligini ko‘rsatdi.

- Birinchi jangdagi g‘alabam tasodif ekanini ta’kidlashayotganidan noroziman. Unday emasligini isbotlayman. Bu galgi natija ham avvalgisidek bo‘ladi, - dedi 37 yoshli Rosado.

Revansh jangiga sovrin sifatida WBA Inter-Continental mintaqaviy chempionlik kamari qo‘yildi. Bu gal ringda Bektemirni to‘xtatib bo‘lmadi. Rosado avvalgi jangdek qarshi hujum taktikasini tanladi. Lekin Meliqo‘zievning himoyasini yorib o‘tolmadi. Aksincha, hamyurtimizning aksariyat kombinatsiyalari, apperkotlari, tana qismiga bergan zarbalari ancha muvaffaqiyatli chiqdi.

O‘n raund davom etgan jang yakunida barcha hakamlar bir ovozdan o‘zbek bokschisi g‘alaba qozonganini  e’lon qildi.

Shu tariqa, Bektemir Meliqo‘ziev kutilmagan mag‘lubiyat uchun munosib tarzda revansh oldi va professional ringdagi 12-g‘alabasini nishonladi.

Shuningdek, hamyurtimiz kamarlari sonini ikkitaga etkazib oldi. Bektemir shu yilning 28 yanvar amerikalik Ulises Serrani uchinchi raundda nokautga uchratib, WBO Global Super Middle kamarini o‘ziniki qilib olgandi.

melikuziev-rosado-ii-win

Meliqo‘ziev Rosadoni mag‘lubiyatga uchratgandan keyin o‘rta vazn toifasida Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Dmitriy Bivol ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali o‘zbek bokschisiga murojaat qilib, “Tabriklayman”, - deb yozdi.

Eslatib o‘tamiz, Bektemir Meliqo‘ziev havaskor bokschilar o‘rtasida Olimpiya o‘yinlari vitse-chempioni, jahon chempionatlari kumush va bronza medali sohibi, ikki karra Osiyo chempioni bo‘lgan.

Professional janglarda 2019 yildan beri qatnashib kelmoqda. 12 ta g‘alabasidan 9 tasida raqiblarini muddatidan oldin taslim qilgan. Bektemir chap qo‘ldagi kuchli zarbasi bilan ajralib turadi.

Rossiya chempioni Mirjalol Qosimov jamoasi rekordini yangiladi!

Legionerimiz supergol urdi va jamoasi to‘purariga aylandi!

Bu mamlakatda 20 nafar o‘zbek legioneri to‘p tepmoqda

O‘zbekiston to‘purarlari nechanchi o‘rinda?

Kelishilgan o‘yinlar balosi: Legionerlarimiz jamoasi Evrokubokdan chetlatilishi kutilmoqda!

Shomurodov hammasini o‘zgartirib yuborishi kerak edi...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!