
Kechagi kunning muhim xabarlari
Kecha saytimizda o‘zbek va xorij sportiga oid ko‘plab xabarlar chop etildi. Ular orasida saytimiz kuzatuvchilari quyidagilarni ko‘proq mutola qilishdi.
Siz kechagi kuning muhim xabarlarini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, unda bu siz uchun ayni muddao.
• Bir necha yil avval O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligini so‘ragan “Million” jamoasi a’zosi Davron Kabulov hali ham o‘sha fikrdan qaytmaganini ma’lum qildi.
Kabulov tvitterdagi sahifasida terma jamoa murabbiyligini berishlarini so‘radi. O‘z navbatida terma jamoada ahvol yomonlashayotganini, o‘z hisobidan yordamchilariga pul sarflashini yozib qoldirgan.
• "Barselona" klubi yulduzi Lionel Messi yana bir yildan so‘ng jamoani tark etishi mumkin. 32 yoshli argentinalik futbolchi kelgusi yoz "ko‘k-anor ranglilar" safidan "Nyuells Old Boyz" klubiga ko‘chib o‘tishi aytilmoqda.
Bundan avval Messi “Barselona”ni faqatgina bolaligida to‘p tepgan "Nyuells Old Boyz" klubi uchun tark etishi haqida bir necha bor aytib o‘tgan.
• APLda mavsumning ilk iste’fosi yuz berdi. “Uotford” klubi jamoa bosh murabbiyi Xavi Grasiyani o‘z lavozimidan ozod etdi. Grasiya bilan birga uning yordamchilari ham jamoani tark etishgan. Tez orada APL klubi o‘zining yangi bosh murabbiyini e’lon qilishi kutilmoqda.
• Rossiyaning Ekaterinburg shahrida katta professional boks kechasi bo‘lib o‘tdi. Kechaning asosiy jangida hamyurtimiz Ravshanbek Umurzoqov 10 raundlik bellashuvda filippinlik Roldan Aldeani engdi va WBA Asia kamarini himoya qilib, g‘alabali seriyasini davom ettirdi.
• Frantsiyalik mashhr mutaxassis Arsen Venger "Barselona" hujumchisi Lionel Messi va "Liverpul" forvardi Muhammad Salohni o‘zaro solishtirdi.
Sobiq murabbiy Saloh unga yoqishini va u Messiga o‘xshashini aytdi. Venger shuningdek, Leo Salohdan ko‘ra barqarorroq ekanini ta’kidladi.
• Rossiya terma jamoasi Evro-2020 saralash bosqichida Shotlandiya mehmoni bo‘lib, 1:2 hisobi bilan g‘alaba qozondi. Bungacha shotlandiyaliklar o‘z uyida o‘tgan rasmiy uchrashuvlarning ketma-ket 5 tasida zafar quchishgandi. Bu shotlandlarning 21 yil davomida qayd etgan eng yuqori ko‘rsatgichi edi.
Fikrlar