Legionerlarimiz kubok uchun kurashadi. 20 million mukofoti ham bor!

  • 6 sentabr, 2020, 00:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya kubogi musobaqasi 2020-2021 yilgi mavsumda yangicha formatda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu koronavirus pandemiyasi ta’sirida qabul qilingan qarorligi aytilmoqda.

Tecno

kubok-rossii-po-futbolu_1441125023208497868

Endi ishtirokchilar 1/32 va 1/16 finalda bellashmaydi. Jamoalar o‘nta guruhga bo‘lingan holda musobaqaga kirishadi. Musobaqaning guruh bosqichiga premer-liga jamoalaridan Evrokuboklarda ishtirok etmaydiganlari qo‘yiladi va ular bo‘lingan guruhlardan quyi liga vakillari ham joy olib, pley-offga chiqish uchun kurashni boshlaydi.  

Har bir guruh g‘olibi 1/8 finalga yo‘llanma oladi va ular qatoriga Evrokuboklar ishtirokchilari qo‘shiladi. Aynan ular nimchorak finallarga mezbonlik qiladi. Nimchorak finaldan boshlab, yarim finalgacha juftliklar qur’a tashlash marosimida aniqlanadi.

Rossiya kubogi musobaqasidagi uchrashuvlar bitta uchrashuvdan iborat bo‘ladi. O‘yinda kuchlar teng kelsa, qo‘shimcha vaqt berilmasdan, darrov penaltilar seriyasi boshlanadi.

Legionerlarimizdan birinchi bo‘lib kurashga Oston O‘runovning jamoasi - “Spartak” qo‘shiladi.

large_57

Moskvaliklar bu mavsum xalqaro maydondagi turnirlarda ishtirok etmasligi bois, Rossiya kubogining guruh bosqichida o‘ynaydi. Eldor to‘p surayotgan “Rostov” Evropa Ligasida, Jasur Jaloliddinovning “Loko”si Chempionlar ligasida qatnashishi bois, ular Rossiya kubogi uchun kurashni pley-offdan boshlaydi.

Rossiya kubogi qur’asiga ko‘ra, "Spartak" ikkinchi guruhdan chiqish uchun Milliy futbol ligasi etakchilaridan biri "Enisey" va Professional futbol ligasi vakili "Rodina" jamoasi bilan kuch sinashadi. Guruh bahslari bir davrali tizimda bo‘ladi. "Spartak" premer-liga vakili sifatida har ikki uchrashuvni raqib maydonida o‘tkazadi. Guruh bahslari uchta turlan iborat bo‘lib, o‘yinlar 16-17 sentyabr, 30 sentyabr, 21-22 oktyabr kunlari tashkil etiladi.

Evrokuboklar ishtirokchilari qatorida "Lokomotiv" va "Rostov" pley-off bahslariga kelasi yilning 20-21 fevralidan qo‘shiladi. 

Rossiya kubogi g‘olibiga bosh sovrin bilan birga 20 million rubl miqdorida mukofot puli ham beriladi. 

Rossiya kubogi tarixida O‘zbekistonda kamol topgan va terma jamoamiz sharafini himoya qilgan o‘ndan ziyod futbolchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etgan. “Lokomotiv” tarkibida o‘ynagan milliy terma jamoamiz o‘yinchilaridan Vladimir Maminov besh, Oleg Pashinin uch va darvozabon Aleksey Polyakov bir marta bosh sovrin sohibi bo‘lgan. Tajribali himoyachimiz Vitaliy Denisov TsSKA va “Lokomotiv” bilan birga ikki martadan, jami to‘rt bor kubokka ega chiqqan.

image-1269-1545678506-620x620

“Paxtakor”da kamol topgan futbolchilardan Andrey Pyatnitskiy “Spartak” tarkibida sobiq ittifoq davrida ham, bir yildan so‘ng mustaqil Rossiya paytida ham kubokni qo‘lga kiritgan. Yana bir sobiq “paxtakorchi” Valeriy Kechnov ham moskvaliklar bilan birga sovrinni boshi uzra ko‘targan.

Vagiz Galiulin 2017-2018 yilgi mavsumda “Tosno”ning asosiy tarkibida finalda o‘ynab,  jamoasining “Avangard” ustidan 2:1 hisobidagi g‘alabasiga munosib hissa qo‘shganini ta’kidlash joiz.

Bundan tashqari, bir necha futbolchilarimiz turli yillarda har xil jamoalar safida finalda ishtirok etgan. Odil Ahmedov va Ruslan Agalarov “Anji”, Andrey Akopyants va Andrey Shirshov “Rostov”, darvozabon Aleksey Polyakov “Krilya Sovetov”,  Marat Bikmaev “Alaniya” tarkibida Rossiya kubogi finalchisi bo‘lgan.

Rossiya legionerlar kushandasimi? Shomurodov, Jaloliddinov va O‘runovni nimalar kutmoqda?

Shomurodov – UEFA Chempionlar ligasi ishtirokchisining asosiy nishoniga aylandi!

O‘runovning o‘yinini o‘zgartirmang!

Transfer mojarosi bartaraf etilgan. Jaloliddinov debyutini qachon ko‘ramiz?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dastan Uteuliev
06/09/2020 08:48
Ей сендердин легионерлеринен
&
FANAT-MYU
06/09/2020 00:19
Nimaga adminlar bitta yangilikni 3 4 martalab chiqarayapsizlar saytdan ko‘nglim qolib ketayapti yoki izlanmay qo‘ydilaringmi nima bo‘lsa ham faqat orqada yurasizlar ekan