
Legionerlarimizning yangi transfer narxi qancha?
Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali Qozog‘iston chempionatida o‘ynayotgan futbolchilarning transfer summalarini yangiladi.
Ma’lumki, bu chempionatda to‘rt nafar legionerimiz - Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Jasurbek Yaxshiboev, Shahboz Umarov va Shohnazar Norbekov o‘ynayapti.
Qozog‘iston Premer-ligasi vakillari orasida faqatgina bir futbolchi – “Aktobe”nig 21yoshli hujumchisi Maksim Samorodovning narxi bir million evrodan o‘tdi. Qozog‘iston terma jamoasi vakilining transfer narxi 300 ming evroga ko‘tarilib, ayni paytda 1,2 million evroni tashkil qilmoqda.
Eng katta o‘sishga erishgan futbolchi “Qayrat” klubi yarim himoyachisi Adilet Sadibekov bo‘ldi. 22 yoshli charm to‘p ustasining narxi 400 ming evroga ko‘tarilib, hozir 7 ming evroga etdi.
Eng qimmatbaho futbolchilar reytingida kuchli uchlikdan ikki legioner – belaruslik Valeriy Gramiko (“Kaysar”) va kamerunlik Gabi Kiki (“Aktobe”) qayd etilgan.
Aslida Rossiyaning “Nijniy Novgorod” klubiga tegishli bo‘lgan va “Qayrat”da ijarada o‘ynayotgan hamyurtimiz Ibrohimxalil Yo‘ldoshev eng qimmatbaho futbolchilar reytingida to‘rtinchi pog‘onadan joy oldi. Biroq bu gal uning transfer summasida o‘zgarish bo‘lgani yo‘q.
23 yoshli legionerimiz 800 ming evroga baholanmoqda. Chap qanot himoyachisi bo‘lgan Yo‘ldoshev joriy mavsumda Premer-ligada sakkizta uchrashuvda qatnashib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari bittadan gol va assist muallifi bo‘ldi.
Xo‘sh, Qozog‘iston Premer-ligasidagi boshqa legionerlarimiz qanchaga baholanmoqda?
“Ordabasi”da ikki legionerimiz – Jasur Yaxshiboev va Shahboz Umarov to‘p tepyapti. Ular chimkentliklarning chempionlik unvonini saqlab qolishiga yordam bermoqda va yaqinda boshlanadigan Evropa Chempionlar ligasi bahslariga hozirlik ko‘ryapti.
25 yoshli Shahboz Umarovning transfer summasi 50 ming evroga arzonladi va u ayni paytda 450 ming evroni tashkil qiladi. Umarov joriy mavsum Premer-ligada to‘qqizta bahsda bittadan gol va assist qayd etdi.
Jasur Yaxshiboev narxida o‘zgarish bo‘lgani yo‘q. 27 yoshli hujumchi o‘tgan yilning oxiridan beri 500 ming evroga baholanib kelyapti. Yaxshiboev bu mavsum ligada 9 marotaba maydonga tushib, to‘rtta to‘p kiritdi va bitta golli pas uzatdi.
“Qaysar” jamoasi sharafini himoya qilayotgan tajribali forvard Shohnazar Norbekovning transfer summasi pastlashda davom etmoqda. Bu gal 29 yoshli hujumchi yana 50 ming evroga arzolandi. Bugungi kunda Norbekovning transfer summasi 150 ming evro turadi.
Shohnazar Qozog‘istondagi debyut mavsumida chempionatda 11 marotaba bahslarda qatnashib, o‘z hisobiga bittadan gol va assist yozdirib qo‘ydi.
Azizbek Turg‘unboev jamoasi hammani chaqirdi
Fayzullaevga chetdan qiziqish bor, faqat...
TsSKA asosiy tarkibda shug‘ullanayotgan Rustambekka qanday baho berdi?
O‘zbek futbolchilari Evropa Chempionlar ligasida porlashi kutilyapti...
“Real”ga gol urgan Yaxshiboevni Evropa maydonlarida kutishyapti
Fikrlar